"Olimpik"ni sindirishdi, Bekmurodov qizil kartochka olishi kerak edi. Superliga 2-tur hakamligi tahlili
12 mar 23:01
Yangiliklar
"Olimpik"ni sindirishdi, Bekmurodov qizil kartochka olishi kerak edi. Superliga 2-tur hakamligi tahlili
Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 2-tur o'yinlaridagi eng bahsli hakamlik qarorlarini muhokama qildi.
✅ "Metallurg" - "So'g'diyona" VIDEONI KO'RISH
"So'g'diyona" o'yinchisi burchakdan uzatilgan to'pni qabul qilishda soni bilan o'ynashga harakat qilib unga biroz qo'l bilan ham tegdi. Bu haqda teginishdan so'ng qo'lning harakati malumot beradi. Gol to'g'ri bekor qilindi, sariq kartochka bu erda talab qilinmaydi. Agar bosh hakam qoida buzilishni ko'rmaganda va gol qayd etganda, VAR vaziyatga aralashishga majbur edi.
✅ "Paxtakor" - "Nasaf" VIDEONI KO'RISH
Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Zarbadan so'ng "Paxtakor" o'yinchisi to'pga intilmoqda va unga tekkan holda to'pning yo'nalishini o'zgartirmoqda. So'ngra u "Nasaf" o'yinchisi bilan to'qnashuvga qadar (qarshiliklar o'yinchisi ham qarama-qarshi yo'nalishda to'pga harakat qilmoqda) himoyachi u bilan to'qnashishini kutgan holda oyoqlarini yig'ib olmoqda va parvozga dinamika "qo'shmoqda". Biroz oshirib yuborilgandek ko'rinmoqda, vaziyatni o'yindagi to'qnashuv deb baholasa bo'ladi. VAR aralashishi kerakmas.
✅ "Paxtakor" - "Nasaf" VIDEONI KO'RISH
Qabul qilish uchun qiyin vaziyat, sababi "Nasaf" o'yinchisi qo'lini bosh balandligida ushlab turibdi. Agar takroriy vaziyat ko'rilsa, uning golni qo'l bilan (ehtimol boshga yopishgan) urganini ko'rish mumkin. SHubhasiz golning bekor qilinishi va sariq kartochka. Hakamning qarori bilan umuman bahslashmagan holda o'yinchi yaqqol reakciyani ko'rsatdi. VAR'ning yaxshi aralashuvi.
✅ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Hakamning ajoyib poziciyasi va harakati, uning qaroriga ishonmaslik uchun hech qanday asos yo'q. To'pni oldinga tashlagan "Olimpik" hujumchisi darvozabonga sakramoqda va keyinchalik darvozabon bilan kontaktni ko'rsatish uchun maysaga yotib olmoqda. Simulyaciya uchun sariq kartochka va erkin zarba.
✅ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Yana hakamning ajoyib harakati va poziciyasi. U o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi, sababi to'p "Lokomotiv" himoyachisining qo'liga tekkan payt u tanaga yopishib turgandi. Agar avvaliga o'yin bosh hakami penalti belgilaganda VAR vaziyatga aralashishi kerak bo'lardi.
❌ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Hakam qo'pol o'yin uchun "Lokomotiv" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatishi kerak edi. U oyog'ini yuqori ko'tarmoqda va xavfli tarzda yakkakurashga bormoqda. Bu chetlatishmas, sababi shiddat yuqori emas, unda katta tezlik yo'q va teginish kuchlimas. Qiziqarlisi, bu ogohlantirish futbolchi uchun o'yindagi ikkinchisi bo'lardi.
❌ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Bu erda o'yin qoidasi buzilishini ko'rmayapman. Agar ushbu vaziyatda "oyoq bilan bosish" "Olimpik" himoyachisi tomonidan bo'lgan taqdirda ham bu kichik, butsaning chet qismi bilan va uzatmadan so'ng bo'lgan bo'lardi. VAR xato tarzda vaziyatga aralashgan deb hisoblayman. Bosh hakamning monitorga taklif qilishdan oldin vaziyatni yaxshilab tahlil qilish kerak edi.
❌ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Ushbu vaziyatda "Olimpik" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilishini faqatgina istiqbolli hujumni buzish kontekstida ko'rib chiqish mumkin, sababi qoidabuzarlikning o'zi qo'pol emasdi. Ha, chap qo'l "Lokomotiv" futbolchisining elkasida turibdi, ammo u ham elka va boshi bilan bu qo'lga qarab intilmoqda va yuzga zarbani ko'rsatishga urinmoqda (garchi shaxsan buni ko'rmagan bo'lsam ham). Bundan tashqari, doim ikkinchi sariq kartochka yaqqol bo'lishi kerak deb aytamiz. Bu erda nimadir etishmayotgandek tuyulmoqda. Menimcha, eng optimal variant o'yinni davom ettirishdir, sababi aslida bu o'yinchining o'zi harakat qilgan va yuzga yaqqol qo'l bilan zarba bo'lmagan juda "mayda" fol. Ikki futbolchi parallel tarzda yugurmoqda, "Lokomotiv" o'yinchisi tezlik bobida raqibidan o'tib ketolmasligini bilganda yuzga urishni ko'rsatib bermoqda.
✅ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Bu esa klassik "yuzga urish" bor bo'lgan vaziyat. "Lokomotiv" o'yinchisi to'pni qabul qilib olish paytida ataylab qo'lini qo'ymoqda va shu bilan yuz balandligida raqib uchun o'ziga xos "shlagbaum"ni yaratmoqda. U ortida pressing borligini tushunmoqda va shundan himoyalanyapti, ammo shuningdek tavakkalga ham bormoqda. Sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qilindi.
✅ "Olimpik" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH
Bu erda qoida buzilish holati yo'q. "Lokomotiv" o'yinchisi ikki oyog'i bilan maysada turibdi, "Olimpik" o'yinchisi to'pni oldinga yo'naltirib, so'ngra o'zi borib urilmoqda. O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror.
✅ "Navbahor" - OKMK VIDEONI KO'RISH
Agar bu vaziyatni ikki yakkakurash kontekstida ko'rib chiqsa, unda haqiqiy yaxshi erkakcha kurash. Ha, avvaliga "Navbahor" o'yinchisi raqibning belidan itargan holatda qoidabuzarlikni ko'rish mumkin, ammo hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. U ikki vaziyatda ham to'p uchun o'ynashga qo'yib bermoqda. Ha, OKMK o'yinchisi o'ng qo'li bilan raqibni biroz itarmoqda, ammo u oldinroq yiqilishni boshlagandi. Ikki vaziyatni ham to'p uchun kurashga yaxshi manoda qo'yib berish deb baholagan bo'lardim.
✅ "Navbahor" - OKMK VIDEONI KO'RISH
Hakam VAR'ning aralashuvidan so'ng "Navbahor"ning golini bekor qilib to'g'ri qildi. OKMK darvozaboni uzatmadan so'ng ikki qo'li bilan to'pni egallab olmoqda, "Navbahor" o'yinchisi keyinchalik unga kelib urilmoqda.
✅ "Andijon" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH
"Andijon"ning goli hisobga olinib to'g'ri qilindi: bunday vaziyatda to'p bo'yicha chiziq chizamiz, sababi u darvoza chizig'iga eng yaqin turgan hisoblanadi. "Andijon" o'yinchisining kamida yarim elka "to'p chizig'idan" orqada turgani ko'rinib turibdi.
✅ "Andijon" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH
Birinchi qayd etadigan narsam, assistentning yomon poziciyasi. Ikkinchi: gol urgan "Bunyodkor" o'yinisi o'yindan tashqari holat chizig'idan ortda edi. Uchinchi: gol bitta oddiy sabab bilan hisobga olinishi kerak, to'pga aynan "Andijon" futbolchisi o'ynadi. Ortga uzatmadan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etilmaydi. Gol hisoblanib to'g'ri qilindi.
✅❌ "Andijon" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH
Barcha o'yinchilar jinnilik qilgan vaziyat. "Bunyodkor" futbolchisi raqibi yiqilish yoki yiqilmasligidan qatiy nazar raqibning tanasiga bilib turib zarba bergani uchun jazolanishi kerak. "Andijon"ning ikkinchi o'yinchisi nega uni yotishga majbur qilmoqda, buni umuman izohlab bo'lmaydi. U shundan so'ng yiqilgan sherigining "beshinchi nuqta"siga oyog'i bilan tepmoqda va buni jamoadoshiga zarba berish deb izohlasa bo'ladi. Uni ham qizil kartochka bilan jazolash mumkin. Ushbu vaziyatda ikki o'yinchini ham chetlatish to'g'riroq bo'ladi, shundan so'ng jamoalar "o'nga o'n" formatida o'yinni davom ettira olishardi.
✅ "Andijon" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH
Gol to'g'ri urildi, sababi "Andijon" o'yinchisi shunchaki hech narsa qilmagan holda turibdi, ataylab darvozabonni bloklamayapti, u tomonga qadam tashlamayapti. Hakamlar vaziyatni to'g'ri tahlil qilishdi va golni hisoblashdi.
✅ "Qizilqum" - "Surxon" VIDEONI KO'RISH
Penalti to'g'ri belgilandi. "Surxon" himoyachisining qo'li notabiiy holatda va perpendikulyar tarzda tanadan ajralgan. To'p juda uzoq uchmoqda, o'yinchi ushbu qoida buzilishdan qochishi mumkin edi. VAR vaziyatga aralashib to'g'ri qildi, sariq kartochka talab qilinmaydi.
✅ "Qizilqum" - "Surxon" VIDEONI KO'RISH
Hakam qoida buzilish joyini to'g'ri belgiladi. Bu erda "Qizilqum" himoyachisining oyog'i qaerda turganiga chamalasa bo'ladi: u aniq jarima maydonchasi chizig'ida, fol biroz yuqorida, aniqrog'i tizza sohasida, ammo u "Surxon" o'yinchisining tovon qismida. Bularning barchasi jarima maydonchasi hududida, penalti to'g'ri belgilandi.
SHunday ekan, hakamlar 18 epizoddan 4tasida xato qilishdi.
Fikrlar