"Olimpik" himoyachisi "Paxtakor" bilan Turkiyaga ketdi
13 jan 2023 12:26
Yangiliklar
"Olimpik" himoyachisi "Paxtakor" bilan Turkiyaga ketdi
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi xorijdagi yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi.
Turkiyaga jo'nab ketgan tarkibda o'tgan mavsum "Olimpik" jamoasi etakchilaridan biriga aylangan markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamraliev ham bor. 21 yoshli himoyachi "sherlar" bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Hamraliev o'tgan mavsum Superligada 25ta uchrashuvda qatnashdi va 3ta gol urib, bitta golli pas bergan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar