So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  0 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

Olimpiadada 7-marta ishtirok etadigan 41 yoshli CHusovitina bilan intervyu Yangiliklar

Olimpiadada 7-marta ishtirok etadigan 41 yoshli CHusovitina bilan intervyu

Teglar :  CHusovitinaRio-2016
O'z faoliyati davomida ettinchi marotaba Olimpiadada ishtirok etadigan 41 yoshli gimnastikachi bilan uyushtirilgan intervyuni o'qib chiqing.

-   Germaniyada yashaysiz. Turnirlarda esa yana O'zbekiston nomidan ishtirok etasiz...
-   Germaniyada o'g'lim Alisher yashaydi. U hozirda maktabni tugatyapti. SHuning uchun u erga ko'p boraman. Yaqinda bir haftaga Toshkentga yo'l olmoqdaman. U erda Olimpiya o'yinlari borasida o'z rejalarimni tasdiqlatishim lozim.

-   Nima uchun yana Germaniyadan yana O'zbekistonga qaytyapsiz? Evropaliklar nomidan ham turnirda qatnashsangiz bo'ladiku?
-   Mening ko'p yillik orzuim bor – o'zim tug'ilgan va tarbiyalangan yurtim uchun Olimpiya medalini qo'lga kiritish. Umuman olganda, faoliyatimni uyda yakunlashni ham istayman.

-   O'zbekiston uchun 12 yil davomida 5 ta jahon chempionatida 5 ta medal qo'lga kiritgansizku?
-   To'g'ri, lekin 12 yil ichida Olimpiada medalini yuta olmadim. SHuning uchun, Rioda medal qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatimni ishga solmoqchiman. Agar o'g'lim kasal bo'lmaganida Germaniyaga ketmasdim. U davolanganidan so'ng birinchi navbatda O'zbekistonga qaytish fikri  keldi. Ammo, bu haqida o'ylash biroz qo'rqinchili: U erda turmush o'rtog'imdan boshqa xech kim qolmagan. Qarindoshlarim xam allaqachon Rossiyaga ketishgan. Lekin, Toshkent baribir boshqacha. Mening erim, mening ona shahrim.



-   Germaniya gimnastika federaciyasi bunga qanday munosabat bildirdi? Ular hech qanday bosim o'tkazishmadimi?
-   Yo'q. Pekinda kumush medal sohibi bo'lganimdan so'ng yana ikkita og'ir bo'lgan mavsumni boshdan o'tkazdim. Operaciya qildirishimga to'g'ri keldi. Tuzalganimdan so'ng yana safga qaytdim. Lekin, ular mening murabbiyimni jamoa shtabga kiritishmadi. Omadsizliklarim shunga xam bog'lik. Yakunda esa men ulardan ketishni so'radim.

-   Rio turnirigacha bo'lgan tayyorgarlik va imkoniyatlaringizni qanday baxolaysiz?
-   Asosiy vazifa – jarohat olmaslik. Umuman olganda, saralash musobaqasi men uchun qiyin bo'lgani yo'q.

-   Nima uchun Olimpiadaga Svetlana Boginska qo'l ostida tayyorlanishga qaror qildingiz?
-   CHunki Sveta mening imkoniyatlarimni juda yaxshi biladi. Nyuanslarimni yaxshi his qiladi. Menga qachon nima kerakligini juda yaxshi biladi.


-   Braziliyadagi Olimpiada siz uchun so'nggisi bo'lmasligi ham mumkinmi?
-   Nima uchun yo'q? Hozir ko'pchilik meni esdan og'ib qolganligimni muhokama qilmoqda. Ko'p yildan beri musobaqalarda ishtirok etaman. Bunda nima muammo bo'lishi mumkin? Turnirlarga so'nggi o'rinni egallash maqsadida bormayapmanku! Xattoki medallar yutyapman. Bu menga juda yoqmoqda!


-   Turnirlarda ishtirok etish yoqadimi yoki unga tayyorgarlik ko'rishmi?
-   Menga avval qo'lga kiritmagan natijalarimni qo'lga kiritish yoqadi. Masalan, hozir bungacha gimnastikada xech kim amalga oshirib ko'rmagan mashqni qilmoqchiman.


Davomi bor...

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика