So’nggi yangiliklar

16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  0 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  1 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  22 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  2 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19

Abdulla Bo'riev: "Ikkinchi davrada tarkibimizga legioner qo'shib olishimiz mumkin, yangi mavsumda hammaga kurash taqdim qilamiz" Yangiliklar

Abdulla Bo'riev: "Ikkinchi davrada tarkibimizga legioner qo'shib olishimiz mumkin, yangi mavsumda hammaga kurash taqdim qilamiz"

Tez orada futzal bo'yicha chempionat uchrashuvlari start oladi.

"Bunyodkor" futzal klubi bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev yangi mavsum oldidan kutilmalar, legionerlar, yangi jamoalar haqida fikrlarini bildirdi. 


"Xabaringiz bor, futzal federaciyasi yana qaytadan tashkil topdi. Superkubok uchrashuvi ham o'ziga hos ajiotaj uyg'otmoqda. Chempionat ham qizg'in ruhda o'tadi deb o'ylayman. To'g'ri, boshida kamchiliklar bo'lishi mumkin. Lekin jamoalarda ishtiyoq yuqori. Klublarga talablar qo'yildi, legionerlar ko'paydi. Deyarli har bir jamoada braziliyalik, amerikalik legionerlar bor. Bekzod Akmalovich aytganlaridek chempionlik uchun bitta emas, uch-to'rt nafar jamoa kurash olib boradi. Legioneri yo'q jamoalar uchun ham bu mavsum dars bo'ladi. Ularga qarab intilishadi, o'zimizni yigitlar braziliyaliklar bilan kuch sinashadi. Tajriba orttirishadi. Chempionat orqali terma jamoa kuchayadi. Raqobat yaxshiki kuchli oltilik uchun kim kurashishi ham o'ylantirmoqda. Oldindan hech narsa aytib bo'lmaydi. 

Yangi jamoalarga kelsak, SQB, "Qizilqum", "Surxon" munosib ko'rashishini kutmoqdaman. Navoiy jamoasi o'tish o'yinida "Paxtakor"ni yutib chiqdi. Tarkibida yosh futzalchilar bor. SQBni BMBga asosiy raqobatchi sifatida ko'rmoqdaman. "Qizilqum" ham oltilik uchun kurashadi. Samarqand jamoasi doim yosh futzalchilarni etkazib kelgan. Ular safiga braziliyalik legionerlar qo'shildi. Shunday ekan nima uchun "Dinamo"dan ham yaxshi ishtirok etmasligi kerak? 

"Bunyodkor" o'zi ishtirok etib kelayotgan barcha mavsumlarda oltilikka kirishga harakat qilib kelgan. Bu yil ham kurashamiz, barcha jamoalar bilan o'ynaymiz. Tarkibimizni o'zagini saqlab qolganmiz. Shartnomalari ham amalda. Rahbariyat bilan gaplashdikki, ikkinchi davrada jamoamizga legioner qo'shib olishimiz mumkin. Bu rejamizda bor albatta",- deydi Abdulla Bo'riev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика