So’nggi yangiliklar

00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  1 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  29 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2

Prevyu. "O'lim guruhi"dan "lochinlar" bilan birga kim tirik chiqadi? Yangiliklar

Prevyu. "O'lim guruhi"dan "lochinlar" bilan birga kim tirik chiqadi?

Teglar :  NeftchiNavbahor
Bugundan etiboran O'zbekiston kubogining guruh bosqichi uchinchi tur bahslariga start beriladi.

Ilk kungi bahslarni "A" guruhi jamoalari boshlab berishadi. Bizni esa super to'qnashuv, vodiy derbisi kutmoqda. Amalda keyingi bosqich masalasini o'zi uchun hal qilib qo'ygan "Navbahor" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvning farg'onalik uchun ahamiyati katta ekanligini inobatga olsak, maydonda chinakam jang ko'ramiz. Biz esa o'yinga qadar bo'lgan mulohazalarni yuritishga qaror qildik. 


Guruhdagi vaziyat 

Ayni paytda "Navbahor" 6 ochko bilan birinchi o'rinda ketmoqda. "Neftchi" va "Qizilqum"da esa 3 ochkodan. Demak qolgan ikki jamoa uchun hali imkoniyat yo'qotilmagan. "Dinamo" esa musobaqani tark etishi deyarli oydinlashdi. Namanganda maydon egalarining g'alabasi yuz foizlik natija bilan ortiqcha muammosiz keyingi bosqich eshiklarini ochishi "Neftchi"ning ahvolini og'irlashtiradi. CHunki "Qizilqum"da ham uch ochko mavjud va ular o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. Bordi-yu, ochkolar teng kelib qolgan taqdirda, birinchi navbatda o'zaro o'yinlarga qaraladi. Sizningcha, "Navbahor" o'zi bilan birga kimni olib chiqadi? 

Ikkita turdagi natijalar quyidagicha ko'rinish olganini ko'rishimiz mumkin. 

1-tur

"Qizilqum" - "Navbahor" 0:2

"Dinamo" - "Neftchi" 0:2

2-tur

"Neftchi" - "Qizilqum" 0:1

"Navbahor" - "Dinamo" 1:0



O'zaro o'yinlar 


Jamoalar kubok bahslarida shu kunga qadar 14 marotaba kuch sinashishgan. Ushbu statistikada ustunlik "Navbahor" tomonida, 8ta g'alaba. 2ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 4ta bahs "Neftchi"ning g'alabasi bilan yakunlangan. 1998 yilgi mamlakat kubogi finalida ushbu ikki klub to'qnashgan bo'lib, yakunda omad "lochinlar" kulib boqqan. 


1992 yil. Yarim final

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:2

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1   

1993 yil.Yarim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga finalga “Navbahor” yo'l olgan).

1994 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0

1995 yil. Yarim final

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:2

“Navbahor” – “Neftchi” – 5:0

1997 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:2

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

1998 yil. Final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2017 yil.Nimchorak final

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga chorak finalga “Neftchi” yo'l olgan).

2019 yil. Nimchorak final

 “Navbahor” – “Neftchi” – 3:1.

 

Bugun o'yinni boshqaradigan Rustam Lutfullin "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarda 3 marotaba bosh hakam vazifasini bajargan. Ularda 2tasida g'alaba, 1tasida mag'lubiyat qayd etilgan. Qaysidir manoda Lutfullin "lochinlar" uchun omadli hakam deya olamiz. 


So'nggi to'qnashuv 


Qizig'i "Navbahor" va "Neftchi" so'nggi marotaba 2019 yil O'zbekiston kubogi doirasida Namanganda uchrashishgan. O'yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan 


 “Navbahor” – “Neftchi” 3:1

Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, F. Usmonov, Z. Eliboev, T. To'xtasinov

Nazoratchi: Arslon Hotamov

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Aziz Turg'unboev 31, - 1:0. Ivan Solovyov 38, - 2:0. Ivan Solovyov 44, - 3:0. Jamshid To'raqulov 89, - 3:1.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Azim Ahmedov, SHahzod SHaymanov, Ivan Solovyov, Aziz Turg'unboev (Komiljon Tojiddinov, 71), Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Ilhomjon Alijonov, Amirbek Jo'raboev

Zaxira: Dilshod Hamroev, Aziz Ibragimov, G'iyos Komilov, Abbos G'ulomov, Ayubxon No'monov, SHerzod Hakimov, Nodir Mavlonov, Ilhom Aliboev

"Neftchi": SHerzod Abduraimov, SHodiyor Xojimatov, Islom Toshpo'latov, Jamshid Qobulov, Mirjamol Nematov, Dilyor Irmatov (Nodirbek Yo'ldoshev, 65), Javohirbek Rasulov, Islombek Karimov, Jafar Ismoilov (Alisher Abduvohidov, 46), Jamshidbek To'raqulov, Ibrohim No'monov

Zaxira: Xurshidbek Muhammadov, Farruh Turdaliev, Ilhom Vahobov, Ilhom Ibragimov, Bobir Isroilov, Ibodjon Abelfazov, Doston Bobojonov



Eski tanishlar: Maydon egalari tarkibidan O'tkir Yusupov bugun sobiq jamoasiga qarshi to'p tepsa, "Neftchi" safida Mirzohid G'ofurov, Darko Stanoevich, Akbar To'raev shu vazifani bajaradi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика