So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  4 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  2 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 9-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Ushbu turda bir qator etiborga molik natijalar qayd etildi. Xususan "Lokomotiv" safarda "Olmaliq" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Nasaf" o'z uyida kutilmaganda "Metallurg"ga yutqazib qo'ydi. "Paxtakor" esa bungacha mag'lubiyatga uchramay kelayotgan "Neftchi" ustidan g'alaba qozondi.

Biz saytimiz odatiga binoan 9-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. Bu safar tur ramziy termasidan "Qizilqum", "Metallurg", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Olmaliq", "Andijon", "Dinamo" va "Navbahor" futbolchilari joy olishdi. Quyida 9-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz.



DARVOZABON
Erkin Jabborov ("Qizilqum")


HIMOYACHILAR
Egor Krimec ("Paxtakor")
Aleksandr Kovalyov ("Metallurg")
Aleksey Nikolaev ("Qo'qon-1912")




YARIM HIMOYACHILAR
Sardor Rashidov ("Bunyodkor")
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")
Jahongir Abdumo'minov ("Olmaliq")
Predrag Vuyovich ("Andijon")
Aziz Ibragimov ("Dinamo")


HUJUMCHILAR
Ayubxon No'monov ("Metallurg")
SHahboz Erkinov ("Navbahor")


Bosh murabbiy: Samvel Babayan ("Paxtakor")

Darvozaga Erkin Jabborovni qo'ydik. Negaki "Qizilqum" posboni safarda "Buxoro" bilan kechgan o'yinda o'zini ko'rsatdi. Qolaversa, navoiyliklar bu o'yinda o'ta kerakli uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Himoya chizig'idan Egor Krimec, Aleksandr Kovalyov va Aleksey Nikolaev o'rin egallashdi. Krimec "Neftchi" darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Kovalyov jamoadoshlari Qarshida "Nasaf"dan gol o'tkazib yuborishmadi. Aleksey Nikolaev esa "SHo'rtan" bilan kechgan bahsda yaxshi harakat qildi.



Yarim himoya chizig'idan besh nafar futbolchi joy oldi va ularning hammasi bu turda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Sardor Rashidov "Mashal" bilan o'yinda yaqqol ajralib turdi. Sanjar SHoahmedov o'zining sobiq jamoasiga qarshi ancha dadil to'p surdi. U gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. SHoahmedov "Olmaliq" homiylari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



"Olmaliq" tarkibiga bu yil kelib qo'shilgan Jahongir Abdumo'minov ham bu turda yaxshi o'yin namoyish etdi. U "Loko" darvozasiga juda chiroyli to'p kiritishning uddasidan chiqdi. "Andijon" safida harakat qilayotgan legioner futbolchi Predrag Vuyovich ikki bor to'p kiritib dubl muallifi bo'ldi. SHuningdek, "Dinamo" yarim himoyachisi Aziz Ibragimov ham "So'g'diyona" bilan bahsda ikki bor gol urishga muvaffaq bo'ldi.



Hujum chizig'idan Ayubxon No'monov bilan SHahboz Erkinov joy olishdi. "Metallurg" hujumchisi Ayubxon No'monov "Nasaf" darvozasiga to'p kiritib, "Metallurg"ning 1:0 hisobida g'alaba qozonishini taminlagan bo'lsa, "Navbahor" hujumchisi SHahboz Erkinov "Andijon" darvozasiga uzoq masofadan gol urdi.



Tur ramziy termasiga bosh murabbiy etib "Paxtakor" ustozi Samvel Babayanni maqul ko'rdik. CHunki aynan Babayan boshchiligidagi jamoa "Neftchi"ning mavsum boshidan beri davom etib kelayotgan mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi. Ushbu g'alabadan so'ng "Paxtakor" o'z hisobidagi ochkolar sonini 19taga etkazib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика