So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  14 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  126

Oliy liga. 9-tur. "Andijon" - "Nasaf" 0:1 Yangiliklar

Oliy liga. 9-tur. "Andijon" - "Nasaf" 0:1

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida "Andijon" futbolchilarida hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. Lochin Soliev qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi.

6-daqiqa. "Nasaf"ning xavfli hujumi. Sayfiev uzatib bergan to'pga To'raev etib kela olmadi. Aks holda, hisob ochilishi mumkin edi.

22-daqiqa. "Nasaf"ning tezkor hujumi Erkin Boydullaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

29-daqiqa. "Nasaf" futbochlilari tezkor hujumga o'tishdi. Ammo Gevorkyan o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

30-daqiqa. Alisher To'xtasinovning uzoq masofadan yo'llagang kuchli zarbasini Eldorbek Suyunov bartaraf etdi.

34-daqiqa. Gevorkyanning pasidan keyin SHomurodov ajoyib vaziyatga chiqdi va uning zarbasi to'siniga tegib qaytdi.

34-daqiqada Gevorkyanning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Farruh Sayfiev osonlik bilan bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi - 0:1.

41-daqiqa. "Nasaf" darvozasi oldida xavfli vaziyat. Dastlabki zarbani Suyunov qaytargan bo'lsa, takroriy zarbani himoyachilar qaytarib qolishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

46-daqiqa. "Andijon" tarkibida o'zgarish. Lochin Soliev o'rniga Mirzakamol Kamolov maydonga tushdi.

49-daqiqa. "Andijon" azolari stantdart vaziyatdan to'pni o'yinga kiritishdi. Mezbonlarda gol kiritish uchun yaxshi imkoniyat yuzga keldi. Ammo...Mezbonlar ketma-ket ikkinchi marta burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Gevorkyan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi.

59-daqiqa. "Andijon"ning xavfli hujumi. Alisher To'xtasinovning zarbasini Suyunov osonlik bilan egallab oldi.

79-daqiqa. Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi golga aylanishiga bir necha santimetrlar etishmadi, xolos.

88-daqiqa. "Nasaf"ning hujumi. Yunusovning jarima maydoniga uzatib bergan to'pini Allaniyazov yaqin masofadan bo'sh qolgan darvozaga yo'llay olmadi.

90-daqiqa. "Nasaf"ning tezkor hujumi. Azamat Allaniyazovning raqib jarima maydonchasiga kirib kelib yo'llagan zarbasini G'aniev qaytardi.

O'yin mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


17:30 - Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi) 0:1
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Gol: Farrux Sayfiev 34 (Artur Gevorkyan)

"ANDIJON": 32. Temur G'aniev, 2. Javlon Mirabdullaev, 5. Aleksey Kasyan, 7. Bekzod G'oziev, 8. Bahrom Abdurahmonov, 9. Lochin Soliev (17. Mirzakamol Kamolov, 46), 10. Anvar Rajabov, 19. Alisher To'xtasinov (88. Alisher Azizov, 66), 23. Sergey Docenko, 28. Rasul Rahmonov (s), 55. Asror Rahmonov.

Zaxiradagilar: 1. Muhiddin Xudoyorov, 4. Rahimjon Qodirov, 14.Akmal Jo'raboev, 18. SHahzod SHaymanov, 20. Temur Sultonov.

"NASAF": 25. Eldorbek Suyunov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom SHomurodov (19. Igor Taran, 70), 10. Kenja To'raev (41. Azamat Allaniyazov, 78), 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 23. SHerzod Azamov, 27. Ilhom Yunusov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev.

Zaxiradagilar: 30. O'tkir Yusupov, 4. Maqsud Karimov, 7. Akram Bahriddinov, 14. Laziz Ubaydullaev, 16. Alisher Yusupov.

Ogohlantirishlar: Rasul Rahmonov 72, SHuhrat Muhammadiev 83, Azamat Allaniyazov 85.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика