So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  20 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Oliy liga 6-turidagi o'yinlarda kimlarning imkoniyati yuqori? Yangiliklar

Oliy liga 6-turidagi o'yinlarda kimlarning imkoniyati yuqori?

Bugun O'zbekiston milliy chempionatining 6-tur o'yinlariga start beriladi.
Uch kunga cho'ziladigan turda bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tadi. Uchrashuvlardan oldin o'z qarashlarimiz bilan o'rtoqlashamiz.

26 aprel, shanba
Neftchi (Farg'ona) – Mashal (Muborak)

Farg'onada o'tadigan bahs ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lishi tabiiy. CHunki mahalliy “Neftchi” jamoasi mana 5 turki g'alaba nima ekanligini bilmay kelyaptilar. SHu bahsga qadar ikki jamoa ham kubokdagi bahslarda mag'lubiyat alamini totib ko'rdilar. Lekin bu turda “Neftchi” uchun g'alaba suv va havodek zarur. O'z muxlislari qarshisida faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushishlari tabiiy. “Mashal” ham osonlikcha taslim bo'lmaydigan jamoalardan. Vodiyga qilgan avvalgi safarida (Andijonga qarshi) ham muvaffaqiyatga erishgandi. “Neftchi”ga qarshi bahsda ham ular ochko olish ilinjida maydonga tushishadi.
Imkoniyatlar: 55-45

Olmaliq (Olmaliq) – Qizilqum (Navoiy)
Olmaliqdagi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, bu o'yin ham qiziqarliligi jihatidan qolgan o'yinlardan qolmasligini aytishimiz mumkin. Yuriy Lukin boshchiligidagi “Qizilqum” jamoasining bu mavsumda ishlari yaxshi ketmoqda. Bu turda ular ham qo'l qovushtirib qo'ymasliklarini kutishimiz mumkin. Asosan qarshi xujumda to'p surishlarini taxmin qiladiganimiz “Qizilqum” jamoasi Olmaliqqa haqiqiy bosh og'riq bo'ladi. Igor SHvirin bu turda osonlikcha ochko ololmaydi desam mubolag'a bo'lmasa kerak.
Imkoniyatlar: 55-45

Dinamo (Samarqand) – Paxtakor (Toshkent)
SHubhasiz turning eng markaziy uchrashuvi Samarqandda bo'lib o'tadi. Mahalliy “Dinamo” jamoasi chempionat peshqadamini qabul qiladi. SHu turgacha har bir turda raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'layotgan "sherlar"ni Samarqandda haqiqiy sinov kutib turibdi. Buni jamoa ustozi Samvel Babayan ham his qilib turgan bo'lsa ajab emas. Ravshan Haydarov jamoasining kayfiyati alo darajada. CHunki avvalgi turda safarda “Andijon” mag'lub etilgan. Kubok bahsida ham g'alaba nashidasi surildi. Bu o'yin qiziqarli kechadi.
Imkoniyatlar: 50-50

Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax)
“Metallurg”ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng Baxtiyor Ashurmatov jamoasi moliyaviy ahvoli uncha yaxshi bo'lmagan Jizzaxning "So'g'diyona"jamoasini o'z uylarida qabul qiladi. Namanganda raqobatbardosh klub shakllantirishga harakat qilayotgan yosh murabbiy bu o'yinga shogirdlarini jiddiy tayyorlashga intilayotganligini payqashimiz qiyin emas. Bu yilgi chempionatimizda oson g'alabaga erishsa bo'ladigan o'yinlarni deyarli ko'rmadik hisob. SHunday ekan bu uchrashuv ham muxlislar kutgan tomoshaboplikni taqdim etib berishi kerak.
Imkoniyatlar: 60-40

27 aprel, yakshanba
Nasaf (Qarshi) – Metallurg (Bekobod)

CHempionatda sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilayotga Ro'ziqul Berdiyev shogirdlari bu turda “Metallurg”ni o'z uylarida qabul qiladilar. Ikkala jamoa ham avvalgi turda g'alaba nashidasini surgan edilar.
Bu turda ham shu natijani takrorlashga harakat qilib ko'rishlari tabiiy. “Metallurg”ning bu chempionatda ishlari uncha yurishmayapti. Rustam Mirsodiqov bu turda Qarshidan ochko bilan qaytishga harakat qilishini taxmin qilishimiz mumkin.
Imkoniyatlar: 55-45

28 aprel, dushanba
Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon)

CHempionatimizning eng omadsiz jamoasi grand jamoaga qarshi maydonga tushishadi. Vodiydan tashrif buyurgan “burgutlar”ni bu turda ancha jiddiy sinov kutib turibdi. CHunki ularning bu turdagi raqibi “Lokomotiv” jamoasidir. Vadim Abramov boshchiligidagi “temiryo'lchilar” “Andijon”ga qarshi tayyorgarlik davomida raqib jamoadan ko'ra ko'proq xordiq chiqarishga muvaffaq bo'ldilar. Bu ularga qo'l kelishi mumkin.
Imkoniyatlar: 60-40

Buxoro (Buxoro) – Bunyodkor (Toshkent)
Bu turni Buxorodagi ajoyib bahs yakunlab beradi. “Buxoro” jamoasi o'z uyida “qaldirg'ochlar”ni qabul qilari. Uchrashuv buxorolik muxlislarda katta qiziqish uyg'otishi tabiiy. CHunki jamoaning bu yilgi ishlari ko'ngildagidek ketmoqda. Edgar Gess shogirdlarini Volkov shogirdlariga qarshi o'yinga puxta tayyorlaganligini o'yin davomida kuzatishingiz mumkin.
Imkoniyatlar: 45-55

Bu mening shaxsiy qarashlarim. Sizniki menikiga mos kelmasligi tabiiy hol albatta. Siz nima deb o'ylaysiz? Uchrashuvlarda kimlarning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz? Fikrlaringiz etiborga olinadi.

Komiljon Ikromov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика