So’nggi yangiliklar

16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1

Oleg Tyulkin: "Paxtakor" emas, "Dinamo" uch ochko yo'qotdi" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Paxtakor" emas, "Dinamo" uch ochko yo'qotdi"

Teglar :  DinamoPaxtakor
"Dinamo" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun maydonda mardonavor kurashlar va ochiq futbol guvohiga aylandik. Bunday o'yin har qanday muxlislarga yoqadi. CHunki hech kim bugun bir-birini ayamadi, oxirigacha kurashdi. Oldingi mag'lubiyatimizga qaramay, etibor bering qancha muxlis stadionga keldi. Samarqand ahli bizga ishonayotgani uchun ham bugun muxlislar uchun maydonda bor kuch va imkoniyatimizni ishga soldik. Bizni ajoyib qo'llab-quvvatlashgani uchun ularga rahmat.

- Bugungi durangdan 1 ochko qo'lga kiritildimi yoki 2 ochko yo'qotildimi?


- SHubhasiz, ikki ochko yo'qotdik. Bugun Paxtakordan ko'ra, Dinamo g'alabaga yaqin edi. Ko'rdingiz, mehmonlar aytarli vaziyatga ega bo'lishmadi, futbolchilarimiz kuchli pressing va himoyada barqaror o'yin namoyish etishdi. Agar birinchi bo'limda Amirjon Safarov va Sardor Sulaymonovlar ajoyib imkoniyatlaridan foydalanishganida bugun Paxtakorni mag'lub etgan bo'lardik. Ammo o'sha vaziyatlarda Lobanov jamoasini qutqardi. SHunga qaramay, durang uchun ham yigitlarimizga katta rahmat deymiz. Ular ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Bugun Paxtakor emas, Dinamo ikki ochko yo'qotdi.

- Bugun Paxtakorga qarshi Dinamo ajoyib o'yin namoyish etdi. Oldingi ochkolar yo'qotilgan ikki o'yinda Metallurg va SHo'rtan bilan shunday o'yin namoyish etishga nima to'sqinlik qilgandi?


- Bilasiz, ikkinchi davra oldidan tarkibimizda o'zgarishlar bo'lib, to'rt nafar yangi futbolchilar kelib qo'shilishgandi. SHu bois biz optimal tarkibni aniqlab olishimiz qiyin kechdi.

- Farhod Tojiev Samarqandda oldin o'ynagan bo'lsada, jamoa o'yiniga moslashish qiyin kechayotgandek?


- Farhod tajribali futbolchi va jamoaga yordami tegadi. Bugun ham ikkinchi bo'limda maydonga tushib, ko'rsatmalarni aniq bajardi. Farhod tobora o'yinimizga moslashib, hali o'z so'zini aytadi.

- Amirjon Safarov jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning holati borasida nima deya olasiz?

- Amirjonning oldingi jarohati qayta qo'zg'alganga o'xshaydi. Hozircha aniq malumot yo'q. Tibbiy ko'rikdan keyin uning holati qanday ekanligi malum bo'ladi. Umid qilamanki, Amirjonning jarohati jiddiy emas. U keyingi o'yingacha jarohatini davolatib, safga qaytishi kerak. Qolaversa, Saidjamol Davlatjonov ham Navbahorga qarshi bahsda safga qaytadi.

- Oldinda Dinamoni Navbahor, Qo'qon-1912, Buxoroga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi. Optimal tarkibni aniqlayapmiz dedingiz. Bugun namoyish etilgan ajoyib o'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ushbu tarkib optimal tarkibga aylanadimi?

- Yo'q, hali bunday deyishga erta. Bizda barcha 18 talik ro'yxatimizga kirgan har bir futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun loyiq futbolchilardir. Ularning qay biri o'yinga yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'sha tarkibga tushadi. Biz optimal tarkibni izlashda davom etamiz.

- Dinamoning standart vaziyatlardan foydalanish koefficienti juda pastligicha qolmoqda. Mashg'ulotlarda bu borada ishlar to'g'ri olib borilayaptimi?

- To'g'ri aytdingiz, standart vaziyatlardan foydalanish bobida oqsayapmiz. Mashg'ulotlarda bu borada alohida shug'ullansakda, negadir maydonda buni ko'rsata olmayapmiz. Xato va kamchiliklar ustida ish olib borib, ishlashda davom etamiz.



Dinamo klubi Matbuot xizmati

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика