So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Oleg Kornienko: "Futbolchimizning maydondan chetlatilishi o'yinni "sindirdi" Yangiliklar

Oleg Kornienko: "Futbolchimizning maydondan chetlatilishi o'yinni "sindirdi"

“Buxoro” – “Andijon” (3:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz yordamchi murabbiyi Oleg Kornienko ishtirok etdi.

-  Birinchi navbatda “Buxoro” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv boshidanoq o'yin tizginini yo'qotdik, omadsiz boshladik. Natijada birin-ketin ikkita gol o'tkazib yubordik. Buning ustiga birinchi bo'limda futbolchimizning maydondan chetlatilishi o'yinni “sindirib” qo'ydi. Ikkinchi bo'limda o'yinni biroz tartibga soldik. CHetlatilishdan so'ng o'yinni o'zgartirishga harakat qildik. Hujumda ishlarimiz o'xshamadi. Bugun qanotlarda ham aniqlik etishmadi.

CHetlatishga kelsak, buni ko'rib chiqish lozim. Bogdan Milichga nisbatan ham shunday qo'pollik bo'lgandi. U erda faqat sariq kartochka bilan cheklandi. Bizga esa qizil ko'rsatdi. O'sha holatda 100 foiz qizil kartochka bor edi, deya olmayman. Ammo hakam qizilni ko'rsatdimi, demak...

Penalti bo'lgan vaziyatlarga to'xtalsam, dastlabkisida bor edi. Qanotdan hujum uyushtirilgan paytda futbolchimiz oyog'ini qo'ygandi. Ehtiyotkorroq o'ynash lozim edi. Ikkinchisida esa Ilhom Alijonov raqibiga yaqinroq turishi kerak edi. Hech qisi yo'q, ishlashda davom etamiz. Yana ikkita tur o'yinlari bor. CHempionatni ishonchli tarzda yakunlaymiz. Yana bir bor “Buxoro” klubi va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика