So’nggi yangiliklar

12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  1 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  2 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0

Oldinda 4 ta yirik turnir bor. Nahotki biz ularning hammasini olmoqchimiz? Yangiliklar

Oldinda 4 ta yirik turnir bor. Nahotki biz ularning hammasini olmoqchimiz?

Teglar :  Oliy liga
Jang qurbonsiz bo'lmaydi. Bazida nimagadir erishish uchun, uning fonida u qadar jozibali ko'rinmaydigan boshqa narsadan voz kechish kerak. Futbolda ham shunday.

Muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazib, Osiyo Kubogimi yoki Jahon CHempionati degan savol qo'yilsa, men ishonamanki, ular ikkinchi yo'lni afzalroq deb biladi. Osiyo Kubogida bizning maksimum yarim final, undan uyog'iga yo'limiz deyarli yo'q. CHunki Osiyoda eng kamida bizdan kuchli 4 mamlakat bor: Eron, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya. Biz yarim finalgacha hali BAA, Saudiya, Xitoy yoki Iroq kabilar bilan raqobat qilib ko'rishimiz kerak. Aytmoqchi bo'lganim, yarim final uchungina JCH haqida o'ylamaslik to'g'ri bo'lmasa kerak. Yarim finalni-ku ko'rdik, JCH bizga armonligicha qolmoqda.

O'FF milliy termaga bosh murabbiy masalasini qachon hal qiladi, menga qorong'u. Rasmiy sayt kimlar bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berishini ochig'i, avvallari ko'rmagandim. Rasmiy sayt eng oxirida tilga kirib, biz mana shu murabbiy bilan shartnoma tuzdik, derdi odatda. Endi esa biz to'ydan oldin nog'ora chalgandek bo'lib qoldik. Masalan, O'FFdan rasmiy biror bir xodim muzokaradagilar nomini aytishi yoki bu xabar futbol saytlariga sekingina qistirib qo'yilishi mumkin edi. Biroq bizga 9 mutaxassis nomi sanab berildi.

SHoshayotganimning sababi bor. Murabbiy kelgusi taqvim haqida yaxshiroq bilib olmasa bo'lmaydi, vaqt ketyapti axir. Biz hozir 38 ta turi bor chempionat uchun tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bundagi muammolar boshqa bir mavzu. Ammo taqvimning Osiyo Kubogiga bevosita tasiri mavjud. CHunki mavsumni kamida fevralda boshlashimiz kerak. Ko'rdikki, 30 ta turi bor chempionatni noyabrda bir amallab yakunlab oldik. Unga 8 ta tur qo'shilganida esa balki dekabrning ustiga chiqib ketishimiz ham mumkin. Xo'sh, bu nimaga olib keladi?

Osiyo Kubogi 2019 yilning 5 yanvar sanasida start oladi. Biz hozir bu haqda o'ylayotganimiz ham yo'q. Dekabrda mavsumni yakunlagan futbolchilar, qachon milliy terma jamoa ixtiyoriga etib keladi-yu, murabbiy turnirga qachon tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Mana shunisi muammo. Bu masala Bilichdan tortib, Marveykni ham jiddiy o'ylantirib qo'yardi, albatta.

2018 yil rejasi o'zimiz taklif qilgan holatda ham deyarli shuncha turni qamrab olardi. O'sha fikrda sotib turaman. Bunda Osiyo Kubogini “qurbon” qilish masalasi o'rtaga tashlanadi. CHunki rejamizga ko'ra, 2019 yildan boshlab 1 ta mavsum uchun 32 talik tur taklif qilingandi. Bu biz uchun ko'p emas va hozirgi holatimizda ortiqcha muammolar keltirib chiqarmaydi.

Qo'shimchasiga, 2018 yilgi O'zbekiston Kubogi bellashuvlarini Angliyadagi kabi 1 ta o'yindan iborat qilish mumkin. Faqatgina bu bilan cheklanmay, so'nggi mavsum natijalaridan kelib chiqib, kuchli to'rtlik jamoalarini musobaqaga chorak finaldan qo'shish masalasini ham ko'rib chiqsa bo'ladi. CHunki termaga mana shu klublardan ko'proq futbolchi jalb qilinadi.

Osiyo Kubogini “qurbon” qilish shunchaki beiz ketadi, deb o'ylamayman. Bizning asosiy vazifa Qatar—2022 bo'lsa, Osiyo Kubogi uning zamirida qandaydir rol o'ynashiga ishonmayman. Qita chempionatiga olib borilgan bazi futbolchilar, katta ehtimol bilan evropalik mutaxassis tomonidan JCH saralashidan tushirib qoldiriladi. Va unutmaylikki, bizni Tokio—2020 Olimpiadasi ham kutib turibdi. Masalan, 2019 yilgi Osiyo Kubogini o'sha olimpiyachilarga topshirish varianti bor. Ehtimoliy Jasur Abduraimov 2020 yil 23 yoshgacha bo'ladigan futbolchilardan tarkib tuzib, ularni yirik musobaqada sinab olsa bo'ladi. SHunda ham u milliy terma bosh murabbiyi bilan maslahatlashib ish qilishi kerak. CHunki milliy chempionatda to'p surayotgan futbolchilarga taqvim qulay bo'lmasa ham, Xitoy, Yaponiya, Eron, BAA chempionatidagi futbolchilarni Osiyo Kubogiga olib borish mumkin bo'lar...

Bu bizga nima beradi? Milliy terma bosh murabbiyi yig'inga ulgirolmayman, deb xavotirga tushmaydi. U JCH saralashiga tayyorgarlikni 2019 yil martidan ham bemalol boshlayveradi. Qolaversa, 2018 yilgi mavsum so'nggini Oliy Liga klublari ham nisbatan xotirjam tugatishi mumkin. “Nasaf” — “Paxtakor”, “Lokomotiv” — “Bunyodkor” kabi hal qiluvchi o'yinlar mavsum oxirida turganida, bosh murabbiy ularning etakchi futbolchilarini olib qo'ysa, kimga yoqadi?

Takliflar:
1) 2018 yilgi mavsum taqvimini qayta ko'rib chiqish kerak;
2) Milliy terma jamoaga tezroq bosh murabbiy topish va uning oldiga vazifa qo'yish kerak;
3) Osiyo CHempionati U23 yoki Osiyo Kubogidagi arzimagan muvaffaqiyat haqida emas, Tokio—2020 va Qatar—2022 g'ami borasida hozirdanoq o'ylash.

Biz Ravshan Haydarov jamoasi bir nima qilarmikin, deb kutib o'tiribmiz. Xop, natija ko'rsatdi ham deylik, biroq bundan kimga qanchalik foyda? To'g'ri, O'FF yangi rahbariyati natija ko'rsatgandek bo'lar. Biroq unutmaylik, o'sha tarkib keyin tarqalib ketadi, unda o'ynagan futbolchilar katta ehtimol bilan Tokioga bormaydi. Endi birinchi xatboshiga qaytib, dastlabki 2 ta gapni qayta o'qib chiqishingiz mumkin.

P.S. Bu masala yaqin kunlar ichida Hacker Club’dan ham o'rin oladi va yanada batafsil tushuntiriladi.

Muallif :
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика