So’nggi yangiliklar

16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  78 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  97 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0

OFK va O'FF mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurdi Yangiliklar

OFK va O'FF mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurdi

Teglar :  OFKO'FFBuxoro
Kutilganidek, 16 oktyabr, dushanba kuni Osiyo Futbol Konfederaciyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov O'FF marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamrohligida Buxoro shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab “Markaziy” stadionni ko'zdan kechirib,  u erda muxlislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, stadion yon atrofidagi binolar, hamda bolalar va o'smirlar futbol maktabi, “Buxoro” futbol klubi qarorgohi bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Mutaxassislar “Buxoro” sport majmuasida nafaqat futbol, balki engil atletika, badiiy gimnastika va sport gimnastikasi, boks kabi sportning boshqa turlari bilan shug'ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlarni ijobiy baholadi. Ayniqsa Elnur Mamedov stadionni kuzatish chog'ida,  sport majmuasi  ichidagi  rassomchilik ustaxonasi OFK mutaxassisini etiborini tortdi va ustaxonaga kirib  rassomdan o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda u erdan iliq tasurotlar bilan chiqib kuzatishda davom etdi.
SHundan so'ng  mehmonlar klub marketing xizmati xodimlari, matbuot xizmati va boshqa bo'lim xodimlari bilan davra suhbati o'tkazdilar. Samimiy va do'stona ruh ostida o'tgan suhbat chog'ida, OFK va O'FF vakillari kelgusida klubning marketing ishlarini yanada rivojlantirish borasida kerakli maslahatlarini berdi.

SHu tariqa Elnur Mamedov va Baxtiyor Mametovning Buxoroga uyushtirgan safari yakuniga etdi.


“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика