So’nggi yangiliklar

21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  0 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  2 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  1 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  18 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  1 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  10 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  5 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2

OFK licenziyalash natijalarini elon qildi: O'zbekiston qitada etakchi Yangiliklar

OFK licenziyalash natijalarini elon qildi: O'zbekiston qitada etakchi

Osiyo futbol konfederaciyasi bugun navbatdagi licenziyalash mavsumi natijalarini elon qildi.

Unga ko'ra, yaqindagina yakuniga etgan licenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan klublar ro'yxati taqdim etildi. 2023/24 licenziyalash mavsumi natijalariga ko'ra, O'zbekistonning 19 ta klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritdi va bu borada O'zbekiston qitada eng yaxshi ko'rsatgichni egalladi.


OFK Elit CHempionlar ligasi hamda OFK CHempionlar ligasi ikki musobaqalari talablari asosida o'tkazilgan licenziyalashdan muvaffaqiyatli o'tgan O'zbekiston klublari:

"Paxtakor", "Navbahor Lochinlari", "Nasaf", OKMK, "Qizilqum", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Neftchi", "Metallurg", "Lokomotiv", "Dinamo Plyus", "Andijon", "Buxoro", "Mashal", "SHo'rtan", "Olimpik Toshkent", "Surxon", "Qo'qon-1912", "Xorazm".


Superliga hamda Pro liganing ishtirokchi klublari licenziya talabgori sifatida OFK licenziyalash reglamenti shartlari asosida 5 ta mezon bo'yicha hujjatlarni taqdim etishdi. Sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy hamda moliyaviy mezonlar bo'yicha OFKning minimal talablarini O'zbekistonning ikki yuqori divizioni vakillari bajara olishmoqda.


Hujjat topshirish jarayoni OFKning kuz-bahor tizimiga o'tganini inobatga olgan holda noyabr oyidan start olib, martga qadar davom etmoqda. Moliyaviy mezonning asosiy talabi – klubning mavjud shikoyat yoki arizalarni belgilangan muddatlar ichida hal etishidir. Bunda 31-dekabrgacha chiqqan shikoyatlar 31-martga qadar hal etilishi nazorat qilinadi. Bu borada klublarning mavjud moliyaviy muammolarini dedlaynlar ichida yopishi masalasi O'FA va O'zPFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi va O'zbekiston futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Mazkur sanalardan keyin chiqqan qarzdorliklar amaldagi licenziyalash cikliga daxldor bo'lmaydi va ular keyingi licenziyalash mavsumiga qadar hal qilinadi. Bu qoidani futbol qonunchiligi bilan etarli darajada tanish mutaxassislar juda yaxshi bilishadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика