So’nggi yangiliklar

14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  0 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  6 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7

OFK ijroiya qo'mitasi yig'ilishiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi Yangiliklar

OFK ijroiya qo'mitasi yig'ilishiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so'ng Rossiyada jahon sportidagi eng nufuzli musobaqalaridan biri - futbol bo'yicha Jahon chempionati start oladi.

Ushbu nufuzli musobaqa oldidan ayni kunlarda jahon futbol amaldorlari, futbol yulduzlari va murabbiylari Rossiya poytaxti Moskva shahrida jam bo'lishgan.

SHu qatorda, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ayni paytda Moskva shahrida bo'lib turibdi. MOQ rahbari Yaponiyadan to'g'ri Moskvaga etib bordi. Bugun Umid Ahmadjonov u erda Osiyo futbol konfederaciyasi rahbari SHayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa bilan uchrashdi.

Do'stona ruxda o'tgan norasmiy uchrashuvda tomonlar 2019 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga ko'rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan fikr almashishdi. SHuningdek, SHayx Salmon o'zbek futbolida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va buning uchun Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik izhor qildi. Ana shunday yangiliklarni, islohotlarni bundan buyon ham davom ettirilishi tarafdori ekanligini malum qildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va SHayx Salmon Osiyo futbol konfederaciyasi ijroiya qo'mitasi yig'ilishini shu yilning oktyabr oyida Toshkentda o'tkazish masalasini ham muhokama qilishdi. Demak, muzokaralar yakuniga ko'ra navbatdagi muhim yig'ilishga Toshkent shahri mezbonlik qiladigan bo'ldi.

Malumot uchun, Umid Ahmadjonov 12-13 iyun kunlari bo'lib o'tadigan FIFA Kongressida ishtirok etadi. SHuningdek, 14 iyun kuni Jahon chempionatining ochilish o'yini - Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni "Lujniki" stadionidagi martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика