So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  2 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

OFK "Al Nassr" etirozini inobatga olmadi Yangiliklar

OFK "Al Nassr" etirozini inobatga olmadi

Teglar :  OCHLOFK"Al Nassr"
OCHL 1/2 finalidan o'rin olgan "Al Nassr" - "Persepolis" o'yinidan keyin saudiyaliklar protest yozishgandi.

Gap shundaki, "Persepolis"da avvalgi murabbiy Branko Ivankovichdan qarzdorlik bo'lishiga qaramay, klub yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan. Biroq FIFA klubga nisbatan toki qarzdorlik bartaraf etilmaguncha transfer bilan shug'ullanishni taqiqlab qo'ygandi. 

FIFA "Persepolis"ga nisbatan 6 avgust kuni qaror chiqarib, 12 avgust kuni bu haqda rasman klubni xabardor qilgan. Qarorda agar 12 sentyabrgacha qarz uzilmasa yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolash mumkin emasligi aytilgan. Tehron klubi esa ungacha, aniqrog'i 8 sentyabrga qadar futbolchilar bilan shartnoma tuzib bo'lgan, yani 12 sentyabrdan so'ng o'z safiga hech kimni qo'shib olgani yo'q. 

SHunga qaramay, Saudiya Arabistoni klubi "Al Nassr" OCHL yarim finalida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng OFKga shikoyat xati yo'lladi. OFK shikoyatni javobsiz qoldirdi va bu haqda keyinchalik ham hech qanday rasmiy munosabat bildirilmaslikni malum qildi. Demak, o'yin natijasi bekor qilinmaydi va "Persepolis" OCHL finalida o'ynaydi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика