So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  1 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

O'FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  O'FF
Bugun 15 yanvar kuni O'zbekiston futbol federaciyasida bolalar va o'smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish, malakali murabbiylar tayyorlashga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'FFning masullari hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Avval malum qilinganidek, bu yil butun respublika bo'ylab bolalar va o'smirlar hamda ommaviy futbol bo'yicha 1000ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida O'FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi tomonidan yig'ilganlarga bolalar va o'smirlar hamda ommaviy futbol musobaqalarini o'tkazish tartibi hamda murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bo'yicha taqdimot qilindi hamda musobaqalar taqvimi belgilab olindi. Mutaxassislarga hududlarda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishda, musobaqalarni o'tkazishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan muhim jihatlar haqida ko'rsatmalar berib o'tildi.

Bundan tashqari, joylarda bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha ish olib borayotgan mutaxassislar o'z ishiga qanchalik loyiq ekanini aniqlash, malakasini tekshirish uchun ular bilan suhbat o'tkazildi. SHuningdek, murabbiylarni tayyorlash bo'yicha mutaxassislarning malakasi ham sinovdan o'tkazildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика