So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

O'FF prezidenti O'zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnoma yo'lladi Yangiliklar

O'FF prezidenti O'zbekiston OTJ futbolchilariga tashakkurnoma yo'lladi

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Osiyo chempionati chorak finalidan o'rin olgan Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston OTJ futbolchilariga murojaat qilib, ularni g'alabaga undagan edi.

Futbolchilarimiz ham bu murojaatdan ruhlanib, bugun ajoyib o'yin namoyish qilib, yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

Umid Ahmadjonov o'yindan keyin futbolchilarga o'z tashakkurini izhor qildi:

"Hurmatli futbolchi va murabbiylar!

Bugungi ajoyib o'yin, chiroyli g'alaba va Osiyo chempionati yarim finaliga yo'l olganingiz bilan barchangizni tabriklayman! Rahmat Sizlarga! O'yindan avval Sizlarga yuborgan murojaatimdan to'g'ri xulosa chiqargan holda, bugun maydonda joningizni berib harakat qildingiz. Kechagi fojeadan qalbi g'amga to'lgan yurtoshlarimizga oz bo'lsa-da, quvonch baxsh etishga muvaffaq bo'ldingiz. Albatta, Qozog'istonda vatandoshlarimiz bilan ro'y bergan fojeaning alamini hech narsa bosa olmaydi. Biz hamisha o'tganlarning ortidan xayrli duolar qilamiz.

Lekin bugungi o'yiningiz bilan Siz nafaqat yurtdoshlarimizga quvonch ulashdingiz, balki Vatanimiz shanini munosib himoya qila oldingiz. Yaponiyadek futboli rivojlangan mamlakat o'yinchilaridan o'zbekistonlik futbolchilar hech bir jabhada aslo kam emasliklarini namoyish qilib berdingiz. Buning uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Endi oldinda Sizlarni Osiyo chempionati yarim final bahsi kutib turibdi. Ushbu masuliyatli o'yinda ham yurakdagi o't bilan astoyidil harakat qilib, g'alaba qozonishingizni tilab qolaman. O'zbekiston hech kimdan kam emasligini butun dunyoga ko'rsatib qo'ying! Final sari olg'a!

Umid Ahmadjonov, O'FF prezidenti".

Reyting: +176   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика