O'FF prezidenti: "Maqsadimiz 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqish"
27 sen 2017 10:57
Yangiliklar
O'FF prezidenti: "Maqsadimiz 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqish"
Federaciyaning yangi rahbari O'FF oldiga qo'yilgan vazifa va maqsadlar haqida gapirib o'tdi.
"Biz 2017-2022 yillar uchun maxsus dastur ishlab chiqdik. Birinchisi milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash, ikkinchisi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash uchun yangi jamoa tuzayapmiz, uchinchisi tanish bilishchilik va qarindosh urug'chilikka qarshi kurash olib borish, to'rtinchisi O'FFga bo'lgan ishonchni qaytarish, beshinchisi bolalar va o'smirlar futbolini yanada yaxshilash, 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqish, O'FFni Osiyoning eng yaxshi federaciyalaridan biriga aylantirish. Barcha terma jamoalarimizning Osiyo va Jahon chempionatlarida ishtirok etishini taminlash kabi ustuvor vazifalar qo'yilgan" - deydi Umid Ahmadjonov.
Fikrlar