O'FA Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan maydonga yugurib chiquvchi muxlislarga jazo muqarrar ekanini eslatdi
05 iyu 22:59
Yangiliklar
O'FA Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan maydonga yugurib chiquvchi muxlislarga jazo muqarrar ekanini eslatdi
"6-iyun kuni O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari JCH saralash bahslari doirasida o'zaro uchrashadi. O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o'yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo'lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qatiy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so'raydi.
Maydonga tushish qatiyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo'pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan mamuriy hamda moddiy jazo qo'llanilgani haqida eslatib o'tmoqchimiz.
Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingiz va tark etishingizni so'rab qolamiz", -deyiladi O'FA bergan murojaatda.
Fikrlar