So’nggi yangiliklar

01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  0 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  2 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  6 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  19 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  464 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0

O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa bilan uchrashdi

O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti Abdusalom Azizov Gruziyaga qarshi bahs oldidan milliy terma jamoa azolari bilan uchrashdi

Futbolimiz rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar masuliyati, ularga tizimli tayyorgarlik ko'rish, har bir o'yinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Milliy terma jamoada o'ynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo'lib, vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obro'sini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish kerakligi takidlandi.

SHuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o'tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O'FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi malum qilindi. O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Abdusalom Abdumavlonovich bo'lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.

Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan suhbatda tayyorgarlik jarayonida kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish muhimligini etirof etdi. Srechko Katanes terma jamoamiz bilan ishlashdagi dastlabki taassurotlari va fikr-mulohazalarini bildirdi. Klublardagi muntazam mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida etibor qaratish zarurligi aytilib, bu borada jamoalarga kerakli ko'rsatmalar berilishiga qaror qilindi.

Tibbiy shtab tomonidan jarohat olgan futbolchilar borasida malumotlar eshittirildi va O'FA Prezidenti ularga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

SHundan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Tbilisiga jo'nab ketdi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика