So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  7 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

O'FA mutasaddilari Niderlandiya Qirolligida xizmat safarida bo'lib turishibdi Yangiliklar

O'FA mutasaddilari Niderlandiya Qirolligida xizmat safarida bo'lib turishibdi

Teglar :  Niderlandiya
O'FAning “Futbolni rivojlantirish departamenti” direktori Djalimov Ongarbay hamda departament bosh mutaxassisi Otabek Kenjaevlar Niderlandiya Qirolligida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

Mazkur tashrif 2019 yil 21 aprel sanasiga qadar davom etib, tashrif kun tartibida juda ko'plab masalalarga oydinlik kiritilishi rejalashtirilgan. Xususan, Niderlandiya Sog'liqni saqlash va sport vazirligining bosh maslahatchisi Yalanda Barend, “Xillegom” futbol klubi boshqaruvchisi Yan Van Den Xof, mahalliy hokimiyat vakillari, WVHEDW xususiy futbol maktabi direktori Romeo Lensa, Niderlandiya futbol federaciyasining vakili Yoxan Van Geyjn, “Greenfields” kompaniyasining (futbol maydonlari quruvchi tashkilot) boshqaruvchisi Mark GanzeBum, “Ayaks” futbol klubi akademiyasining bosh murabbiylari va soha mutaxassilari bilan uchrashuv belgilangan.

Rejaga asosan dastavval, Niderlandiya Sog'liqni saqlash va sport vazirligining bosh maslahatchisi Yalanda Barend, mahalliy hokimiyat vakili Gerrit Kleyxig hamda WVHEDW xususiy futbol maktabi direktori Romeo Lensa bilan muzokaralar o'tkazilib, mamlakat futboliga qaratilayotgan etiborda vazirlik va hokimiyatning tutgan o'rni, shuningdek, mamlakat tomonidan futbolga doir ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlar, yillik ajratilayotgan mablag'lar, daromad va xarajatlar, sohaga oid hujjatlar to'g'risida muzokaralar o'tkazildi.

Bundan tashqari, tashkilotchilar WVHEDW xususiy futbol maktabi faoliyati, infrastrukturasi, futbolchilarni bosqichma bosqich tayyorlash dasturi, murabbiylar malakasi yuzasidan malumot berib o'tishdi. Seminar yakunida xususiy futbol maktabi faoliyatiga mahalliy hokimiyat, Sog'liqni saqlash va sport vazirligi hamda futbol federaciyasi tomonidan qaratilayotgan etibor to'g'risida ham oydinlik kiritildi. Malumot tariqasida WVHEDW xususiy futbol maktabida 1700 nafar yosh futbolchilar mashg'ulot olib borishlarini takidlab o'tish joiz.

Izlanishlar jarayoni bir muncha qiziqarlik va hayratga soluvchi malumotlar boy tarzda o'tmoqda. Seminarning birinchi kunida tashrif buyurgan mutaxassislarga O'zbekiston futbol associaciyasi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.
18 aprel sanasida vakillarimiz Niderlandiya futbol federaciyasiga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan bo'lib, unda federaciyasi mutaxassislari va “Greenfields” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv belgilangan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика