So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

O'FA Kubogi tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FA Kubogi tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi

O'FA hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzolagani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Mazkur memorandum asosida yurtimizdagi Oliy talim muassasalari o'rtasida futbol bo'yicha “O'zbekiston futbol Associaciyasi Kubogi” musobaqalarini o'tkazish Nizomi tasdiqlan.

Bugun, O'FA majlislar zalida ushbu musobaqa tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O'FA va O'zPFL xodimlari, hududiy federaciya rahbarlari, Oliy va maxsus-o'rta talim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi Bosh kotibi Sardor Raxmatullaev, Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G'afurov musobaqaning mohiyati, tashkil etish va o'tkazish qonun-qoidalari xususida gapirar ekan, mazkur musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad yoshlarni manaviy boy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishini taminlash, yoshlarni sog'lomlashtirish uchun futbol o'yinlariga jalb etish, ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olib, turli terma jamoalarga tavsiya etishdan iborat ekanligini takidlashdi.

«O'FA Kubogi» musobaqasi 3 bosqichda o'tkazilib, yakunda g'olib aniqlanadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi. Musobaqaning 1-bosqichi shu yilning mart oyida boshlanib, unda hududlarda joylashgan Oliy o'quv yurtlari futbol jamoalari uy-mehmon tizimida bahs olib borishadi.

2-bosqich aprel oyida to'rt mintaqada tashkillashtiriladi. Unga ko'ra Namangan shahrida Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlari bo'yicha 1-bosqich g'oliblari o'zaro kuch sinashishsa, qolgan mintaqalar quyidagicha taqsimlangan: Samarqanda shahrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand, Urganch shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm, Toshkent shahrida esa Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillari kurash olib borishadi.

3-bosqich - final qismi may oyida poytaxtda o'tkaziladi. Tabiiyki, unda 2-bosqich g'oliblari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика