So’nggi yangiliklar

18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  0 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  3 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  22 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  2 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  28 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   43 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  8 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71

O'FA Germaniyaning "JAKO" kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha shartnoma imzoladi Yangiliklar

O'FA Germaniyaning "JAKO" kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha shartnoma imzoladi

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda JAKO kompaniyasi tomonidan o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishuv imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar etkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib boib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda  JAKO kompaniyasi tomonidan o'zaro  hamkorlik bo'yicha kelishuv imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
 
Marosimda MOQ prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol hamda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etishdi.


 
Umid Ahmadjonov O'FA  "JAKO" kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini elon qilar ekan, nima sababdan ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishga qaror qilinganini aytib o'tdi:
 
"JAKO" kompaniyasi jahonga mashhur kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniya endilikda turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun boshdan-oyoq ekipirovkalar etkazib beradi. Etiborli tomoni, milliy terma jamoamiz uchun bu kompaniya ekipirovkalarni tekinga etkazib beradi. Ekipirovkalar 96 xil narsadan iborat. Buning ichida turli mavsum liboslari, oyoq kiyimlar va boshqa aksessuarlar bor. Tez orada "JAKO" kompaniyasining do'konlarini ham yurtimizda ochish rejalashtirilgan. Muxlislar terma jamoamiz liboslarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy olib keldik, yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlayapmiz. Umid qilib qolamizki, mazkur kelishuvimiz samarali bo'lib, terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erishishadi", - dedi Umid Ahmadjonov.
 
O'z o'rnida "JAKO" kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirib o'tdi.


 
Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper esa jahon bozorida o'z o'rniga ega bo'lgan "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanayotgani katta ahamiyatga ega ekanligini takidlab, ushbu hamkorlik O'FA hamda "JAKO" (“YAKO”) uchun manfaatli bo'lishiga umid bildirdi.
 
Malumot uchun, "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan kompaniya bo'lib, unga Rudi SHpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan.  
 
Ayni vaqtda  "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud.  Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g'arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, SHveycariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика