So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

O'FA Eldor SHomurodov, Odil Ahmedov, IbrohimHalil Yo'ldoshev, Gennadiy Denisov va Jizzax FA prezidentini taqdirladi Yangiliklar

O'FA Eldor SHomurodov, Odil Ahmedov, IbrohimHalil Yo'ldoshev, Gennadiy Denisov va Jizzax FA prezidentini taqdirladi

Teglar :  O'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi 2021 yildan boshlab yangi ananani yo'lga qo'ymoqda.

O'zbek futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan, jahon arenalarida yurtimiz dovrug'ini dunyoga taratayotgan hamda mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirishda muhim o'rin tutgan futbolchi va mutaxassislar O'FA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlandi.

O'FA majlislar zalida o'tgan bugungi taqdirlash marosimida O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov, birinchi vice-prezident Ravshan Ermatov va bo'linmalar rahbariyati ishtirok etdi.

Bu yil ushbu taqdirlash jarayoni birinchi bor yo'lga qo'yildi va unda 5 ta nominaciya joriy etildi.

O'tgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar etiborini qozongan, terma jamoalarimiz safida ishonchli o'yin ko'rsatgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Yil kashfiyoti" nomiga sazovor bo'ldi. Sovrinni Ravshan Ermatov yosh futbolchimizning otasi Xabibullo Yo'ldoshevga topshirdi.


O'zbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov “Milliy terma jamoa faxriysi” sovriniga munosib deb topildi.


Ham maydonda, ham uning tashqarisida barchaga o'rnak bo'ladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolchi Odil Ahmedov O'zbekiston MTJdagi mardonavor harakati va fidoiyligi uchun "Milliy terma jamoa yuragi" sovrini bilan taqdirlandi.


Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Ergash Salievning futbol ommaviylik darajasini oshirishdagi mehnatlariga munosib baho berildi. O'FA prezidenti Abdusalom Azizov Ergash Salievni “O'zbek futboli rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirladi.


Italiyaning “Jenoa” klubi safida sermahsul va yuqori darajali o'yin ko'rsatib, o'zbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor SHomurodov asosiy nominaciya bo'lmish “O'zbek futbolining yorqin yulduzi” sovriniga loyiq deb topildi.

Mazkur sovrinni tajribali futbolchimizning otasi Azamat SHomurodov O'FA rahbaridan qabul qilib oldi.





Reklama





Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика