Odil Hamrobekov: "Futbolchilik faoliyatimni "Nasaf"da boshlaganman, shu bois ularga qarshi o'ynash boshqacha"
23 noy 18:36
Yangiliklar
Odil Hamrobekov: "Futbolchilik faoliyatimni "Nasaf"da boshlaganman, shu bois ularga qarshi o'ynash boshqacha"
"Traktor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Elit OCHL doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Futbolchilik faoliyatimni Qarshining "Nasaf" klubida boshlaganman va taxminan 9 yil oldin "Traktor"ga qarshi o'ynaganman. Hozir esa "Traktor" futbolchisiman. Ertaga "Nasaf"ga qarshi o'yin men uchun alohida his-tuyg'ular uyg'otmoqda, lekin professional futbolchi sifatida bor etiborim ertangi o'yinga qaratilgan va yaxshi natija ko'rsatishga astoydil bel bog'laganmiz".
"Traktor" o'tgan yili birinchi marta Eron chempioni bo'ldi va katta yutuqlarga erishdi. Biz bir oiladek ahil jamoamiz, safimizda ajoyib futbolchilar bor va ertangi o'yinga to'la tayyormiz", dedi Hamrobekov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar