"Marsel" safida 30-golini urgan Meyson Grinvud klub tarixiga kirdi
23 noy 2025 16:58
Yangiliklar
"Marsel" safida 30-golini urgan Meyson Grinvud klub tarixiga kirdi
Franciya chempionati 13-turi doirasida "Marsel" safarda "Nicca" bilan bahslashdi.
Har jabhada ustunligini ko'rsata olgan mehmonlar yirik hisobda (5:1) zafar quchdi.
Jamoa safida Meyson Grinvud ajralib turdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ikkita gol urgan Grinvud klub libosidagi to'plari sonini 30 taga etkazib oldi. Bu natija erishish uchun Meyson "Marsel" tarixida uchinchi eng kam vaqt sarfladi. Faqatgina ikki futbolchi shveciyalik Gunnar Andersson (34 o'yin) hamda yugoslaviyalik Yosip Skoblar (38) angliyalikdan tezroq bu ko'rsatkichga eta olishgan.
Franciya chempionati keyingi turida "Marsel" o'z uyida janubdagi qo'shni "Tuluza"ni mehmon qiladi. Mazkur bellashuv noyabr oyining so'nggi kunida bo'lib o'tishi reja qilingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar
Qaysi manbaga asosan aytayapsiz bularni. Mana 31,6 mlnga sotib olingan deb turibdi. Sud ham hamma aybni olib tashlagan. Hech qayerda Angliyada oʻynashiga taqiq borligi yozilmagan.