So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

O'zbekiston U-19 chempionati - Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 chempionati - Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan Grassroot konferenciyasi oldidan AFC Special Elite Youth Football Awards 2025 marosimi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etib kelinayotgan U-19 chempionati Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi deb etirof etildi. Mukofotni OFK bosh kotibi o'rinbosari — Shin Man Gil Liganing Musobaqalarni o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi, U-19 chempionati menejeri — Qudratbek Madraimovga topshirdi. Sovrinni topshirish marosimi chog'ida ayni damda Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi safidagi aksariyat futbolchilar aynan ushbu musobaqada shakllanganini alohida takidlab o'tildi.

Mazkur nufuzli mukofot har yili muntazam ravishda topshiriladi. So'nggi ikki yil davomida bu sovringa Yaponiyaning turli yosh toifalaridagi ligalari sazovor bo'lgan edi. Joriy yilda esa ushbu mukofot O'zbekiston U-19 chempionatiga nasib etdi.  

Tanlovda g'olibni aniqlashda bir qator mezonlar — musobaqa tashkilotchiligi, yil davomida o'tkazilgan o'yinlar soni, infratuzilma darajasi, hakamlik sifati, murabbiylarning malakasi hamda so'nggi yillarda mazkur chempionatdan etishib chiqqan professional futbolchilar soni inobatga olindi. Yuqoridagi ko'rsatkichlar bo'yicha U-19 chempionati Osiyoda tengsiz deb topildi.

Malumot uchun, ayni kunlarda U-19 chempionatining pley-off o'yinlari markazlashgan holda Toshkentdagi "Jar" stadioning zaxira maydonida o'tkazilmoqda. Final uchrashuviga esa "Jar" stadionining asosiy maydoni mezbonlik qiladi. Bundan tashqari, o'zbek futboli iqtidorlarining eng katta bozori hisoblangan musobaqaning kuchli futbolchilari ishtirokidagi bahslar Liganing zamonaviy ko'chma televizion stanciya vositasida jonli efirda Liganing YouTube'dagi rasmiy sahifasi orqali yuqori sifatda namoyish etilmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

+1   
11 noy 15:19:45
Rustam Ruziyev
Табриклаймиз
   
12 noy 20:15:21
PFK HAQIQAT
Mashal va Nasaf.
Paxtakor va bunyodkor
Yarim final
   
11 noy 21:07:55
Мирзаев Б
Табриклар...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика