Pol Pogba 811 kundan so'ng yana maydonga qaytdi
23 noy 2025 13:12
Yangiliklar
Pol Pogba 811 kundan so'ng yana maydonga qaytdi
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba Franciya chempionati 13-turi doriasidagi "Renn"ga qarshi bahsda debyut qildi.
Uchrashuv monegasklarning yirik hisobdagi (1:4) mag'lubiyati bilan yakunlandi.
32 yoshli Pogba 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Oxirgi marta Pogba "Yuventus" safida 2023 yil 3 sentyabr kuni rasmiy uchrashuvda maydonga tushgandi. Oradan 811 kun o'tib, futbolchi yana maydonga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Monako" keyingi o'yinini ECHL umumiy bosqich doirasida 26 noyabr kuni "Pafos"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar