Uzoq muddatli diskvalifikaciyadan qaytgan Pogba intervyu berdi
23 noy 2025 15:51
Yangiliklar
Uzoq muddatli diskvalifikaciyadan qaytgan Pogba intervyu berdi
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba 2 yil deganda katta maydonga qaytdi.
32 yoshli futbolchi monegasklar "Renn"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'layotgan bir pallada, uchrashuvning 85-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Qolgan daqiqalarda "Monako" oradagi farqni bittaga qisqartirishni uddaladi.
"Futbol men uchun yakunlangani yo'q. Men iztirob chekdim, ammo ishlashdan to'xtamadim va qaytishimni kutardim. Shunday vaqtlar bo'ladiki, iblis seni batamom o'ldirishni istaydi, ammo xudo bor. Men doim o'z hislatlarimga ishonganman va bilamanki, yuz bergan vaziyatda mening aybim yo'q. Umidim har doim tirik edi", – deya franciyalik so'zlaridan iqtibos keltiradi "RMC Sport".
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba "Yuventus"dalik davrida antidoping qoidalarini buzishda ayblanib, diskvalifikaciya qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar