So’nggi yangiliklar

19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  0 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  10 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  0 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  37 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  62 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1

Odil Ahmedov: “Hisobni ochib olsak, ishimiz engillashadi” Yangiliklar

Odil Ahmedov: “Hisobni ochib olsak, ishimiz engillashadi”

Teglar :  Odil Ahmedov
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvda Filippinga qarshi maydonga tushadi.

SHu kunlarda terma jamoamiz to'liq tarkibda mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Biz kechagi mashg'ulotdan so'ng terma jamoa sardori Odil Ahmedovdan intervyu oldik. Takidlash joiz, Ahmedov, Denisov va Rashidov terma jamoa yig'iniga aynan seshanba kunidan qo'shilishdi.

- Odil, Filippinga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik qanday davom etyapti?
- Har galgidek yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Denisov bilan birga kecha Moskvadan uchib keldik. Yakshanba kuni premer-liga doirasida o'zaro o'yinimiz bor edi. SHu uchrashuvni o'tkazib, Toshkentga birga qaytdik. Hammaning kayfiyati alo darajada. O'ylaymanki, oldimizda turgan ikki uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarni xushnud qilamiz. Oldimizga mana shu o'yinlarda olti ochkoni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

- Safardagi har ikki o'yinda Bahrayn hamda Filippinni yirik hisobda mag'lub etdinglar. Nima deb o'ylaysiz, bu holat futbolchilarimizning biroz hotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmaydimi?
- Aslo yo'q. Bu futbol, unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. So'nggi paytlarda kutilmagan natijalarga ko'p bor guvoh bo'lyapmiz. O'zi aslida uyda o'ynashdan ko'ra safarda o'ynash osonroq kechadi. Mehmon jamoa birinchi galda etiborini himoyaga qaratadi. Bunday holatda himoya qo'rg'onini yorib o'tish qiyin bo'ladi. Menimcha, Filippin bilan o'yinda yopiq futbol bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Hisobni imkon qadar tezroq ochib olsak, ishimiz ancha engillashadi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика