JCH-2026 finaliga eng qimmat chiptalar 6730, eng arzoni esa 2030 dollar turadi. Guruh bosqichi uchun narxlar ham malum
02 okt 14:14
Yangiliklar
JCH-2026 finaliga eng qimmat chiptalar 6730, eng arzoni esa 2030 dollar turadi. Guruh bosqichi uchun narxlar ham malum
FIFA kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan turnir uchun chiptalarni chiqarishni boshladi.
Birinchi chipta xaridorlari lotereyadan tanlanganlar bo'ladi. FIFAning elon qilishicha, lotereya g'oliblari elektron pochta orqali xabardor qilingan yoki tez orada bildirishnomani qabul qilib oldi. Qayd etilishicha, 4,5 million ariza topshirilgan.
Muxlislar to'rtta toifadan biriga chipta sotib olishlari mumkin.
Guruh bosqichi o'yinlari uchun eng qimmat chiptalar, AQSH terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlardan tashqari, Inglvud, San-Fransisko va Nyu-Jersidagi stadionlarda turadi.
1-toifa: 410 dan 620 dollargacha;
2-toifa: 310 dan 465 dollargacha;
3-toifa: 140 dan 215 dollargacha;
4-toifa: 60 dan 105 dollargacha.
Nyu-Jersida bo'lib o'tadigan final uchun narxlar quyidagicha ko'rinish oladi:
1-toifa: 6730 dollar;
2-toifa: 4210 dollar;
3-toifa: 2790 dollar;
4-toifa: 2030 dollar.
Meksikadagi musobaqaning birinchi o'yini uchun chiptalar narxi 3-toifa uchun 745 dollardan 1-toifa uchun 1825 dollargacha.
Narxlar o'zgarishi mumkin, chunki turnir dinamik narxlashdan foydalanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar