So’nggi yangiliklar

00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  0 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   44 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  25 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  11

Odil Ahmedov 4-tur ramziy terma jamoasida Yangiliklar

Odil Ahmedov 4-tur ramziy terma jamoasida

Hamyurtimiz Odil Ahmedov Rossiya premer-ligasining 4-tur ramziy terma jamoalaridan o'rin oldi.
Rossiyaning "SE" va "football.kulichki.net" saytlari "Krasnodar" klubi yarim himoyachisini o'z ramziy terma jamoalariga kiritishdi.

"SE" nashri Ahmedov haqida shunday yozadi: "Anji"ning sobiq futbolchisi Krasnodarga ancha moslashib oldi, maydon markazida u ancha yaxshi o'ynamoqda. Ushbu turda Odil Pletikosa darvozasiga bilyarddagi zarba kabi gol urdi".

"FNK" saytida Odilga quyidagicha tarif berilgan "Buqalar"ning eng omadli tarsferlaridan biri - universal Odil Ahmedov hujum tashkil qilgandek, raqibning xavfli vaziyatlarini ham yo'qqa chiqara oladi. "Rostov"ga qarshi o'yinda futbolchi o'z jarima maydonidan raqibnikigacha bo'lgan masofada juda yaxshi harakat qildi va jamoadoshlariga faol yordam berib, gol urishga muvaffaq bo'ldi. Jarima maydonchasida to'p oshirishini qabul qilgan Ahmedov, sovuqqonlik bilan to'pni darvozaning pastgi burchagiga to'g'irlab yuboradi va "Krasnodar" g'alabasini to'liq taminlaydi. Legioner himoyada ham yaxshi harakat qildi, shu sabab Mamaev asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarishi uchun yaxshigina harakat qilishiga to'g'ri keladi. Qisqasini aytganda, "Krasnodar" ikki frontda almashib o'ynay oladigan futbolchidan  voz kecha olmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика