OCHL nimchorak finaliga qura tashlandi: Benzema Namanganga keladi!
28 dek 2023 13:08
Yangiliklar
OCHL nimchorak finaliga qura tashlandi: Benzema Namanganga keladi!
Qura Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK Bosh qarorgohida tashkil etildi. SHunday qilib, "Nasaf" Qarshida "Al Ayn"ni, "Navbahor" esa Namanganda "Al Ittihod"ni mehmon qiladi.
G'arbiy mintaqa nimchorak final juftliklari:
"Nasaf" – "Al Ayn" (BAA)
"Al Fayha" (Saudiya Arabistoni) – "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Sepaxon" (Eron) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Navbahor" – "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
SHarqiy mintaqa nimchorak final juftliklari
"CHonbuk Xyunday" (Koreya) – "Poxang Stilers" (Koreya)
"Ulsan Xyunday" (Koreya) – "Vanfore Kofu" (Yaponiya)
"SHandun Tayshan" (Xitoy) – "Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Bangkok Yunayted" (Tailand) – "Yokoxama" (Yaponiya)
Marosimda "Navbahor" sport direktori Abdumalik Umrzoqov, "Nasaf" Xalqaro aloqalar va licenziyalash bo'limi mutaxassisi Qobiljon SHodmonov hamda "Nasaf" sport direktori Botir Qoraev ishtirok etdi.
2-savatchadagi jamoalar nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlarini o'z maydonlarida qabul qilishadi. Mazkur bahslar 12-13 fevral kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Quradan avval jamoalar 2 ta savatga ajaratiladi:
*guruh g'oliblari (5ta);
*guruhdagi eng yaxshi ikkinchi jamoalar (3ta).

Nimchorak finalda guruh bosqichida o'zaro raqib bo'lgan jamoalar to'qnash kelmaydi. Yani "Al Hilol" – "Navbahor" qarama-qarshiligini ko'rmaymiz.
OFK CHempionlar Ligasi reglamentiga ko'ra, bir mamlakatning ikki jamoasi pley-off bosqichida o'zaro to'qnash kelishi mumkin va biz nimchorak finalda "Nasaf" – "Navbahor" to'qnashuvini ham ko'rishimiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar