So’nggi yangiliklar

18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  5 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  19 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

OCHL. “Bunyodkor”ning 1/8 finaldagi raqibi “Al Hilol” guruhdan qanday chiqdi? Yangiliklar

OCHL. “Bunyodkor”ning 1/8 finaldagi raqibi “Al Hilol” guruhdan qanday chiqdi?

Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslarini shov-shuvli tarzda muvaffaqiyatli yakunlagan “Bunyodkor” endi 1/8 final bosqichda Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ayni paytda ko'pchilik ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinni intiqlik bilan kutmoqda. Dastlabki bellashuv 7 may kuni Toshkentda o'tkazilsa, javob bahsi 14 may Saudiyada bo'lib o'tadi. Quyida “Al Hilol”ning guruhdan qanday chiqqani haqida so'z yuritamiz.

NATIJALAR VA GOLLAR
“D” guruhida kurash olib borgan “Al Hilol” 9 ochko to'plagan holda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Bu jamoa 6ta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, uch marta durang o'ynadi va bitta uchrashuvda mag'lub bo'ldi.

Jamoaning yagona mag'lubiyati safarda “Sepaxon” bilan kechgan uchrashuvga to'g'ri keldi va bunda saudiyaliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. “Al Hilol” guruhda “Al Sadd” (Qatar), “Al Ahli” (BAA) va “Sepaxon” (Eron) klublariga qarshi bahs olib bordi. Jamoa mana shu olti o'yinda 12ta gol urib, o'z darvozasidan 7 bor to'p o'tkazib yubordi.



Guruh o'yinlarida “Al Hilol” safida eng ko'p gol urgan futbolchi Nosir Al SHamroni bo'ldi. 15-raqamda to'p suradigan hujumchi 6ta gol urishning uddasidan chiqdi. 7-raqamda o'ynaydigan braziliyalik Tyago Neves esa 3 marta to'p kiritdi. SHuningdek, Segundo Kastilo (Ekvador), Sulton Al Duayyi va jamoa sardorri Yosir Al Qahtoni bittadan to'p kiritishdi. Quyida “Al Hilol”ning guruh o'yinlarida qayd etgan natijalarini keltirib o'tamiz.

1-tur. 26 fevral
“Al Hilol” - “Al Ahli” - 2:2
Gollar
: Nosir Al SHamroni (2ta)

2-tur. 12 mart
“Sepaxon” - “Al Hilol” - 3:2
Gollar:
Tyago Neves, Kastilo

3-tur. 19 mart
“Al Sadd” - “Al Hilol” - 2:2
Gollar:
Tyago Neves (2ta)

4-tur. 1 aprel
“Al Hilol” - “Al Sadd” - 5:0
Gollar:
Nosir Al SHamroni (3ta), Sulton Al Duayyi, Yosir Al Qahtoni (penaltidan)

5-tur. 15 aprel
“Al Ahli” - “Al Hilol” - 0:0

6-tur. 22 aprel
“Al Hilol” - “Sepaxon” - 1:0
Gol
: Nosir Al SHamroni

“D” guruhi yakuniy jadvali
#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Al Hilol
623112 - 759
2Al Sadd
62228 - 14-68
3Al Ahli
61416 - 607
4Sepaxon62139 - 817




BOSH MURABBIY
Hozirda “Al Hilol”ni Saudiya futbolining eng mashhur yulduzlaridan biri Sami Al Jaber boshqarmoqda. U 1972 yilning 12 noyabrida tug'ilgan. Al Jaber o'z vaqtida “Al Hilol” sharafini 20 yil himoya qilgan. U futbolchilik faoliyatini tamomlagach, Evropaga borib murabbiylik kurslarida tahsil oldi. Qolaversa, Franciyaning “Oser” jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishladi va yurtiga qaytib kelgach, bundan bir yil oldin “Al Hilol”ni qabul qilib oldi.

KIM QANCHA O'YNADI?
“Al Hilol” tarkibida mahoratli futbolchilar ko'p. Mahalliy o'yinchilardan birinchi navbatda jamoa sardori Yosir Al Qahtoni alohida obro'ga ega. SHuningdek, Muhammad Al SHlhub, Nosir Al SHamroni, Saud Xariri kabi futbolchilar nomi ham o'zbek muxlislariga tanish. Qolaversa, legionerlardan Tyago Neves (Braziliya), Segundo Kastilo (Ekvador), Kvak Tay Xvi (J.Koreya) va Digao (Braziliya) kabi futbolchilar ham “Al Hilol” safida to'p tepishmoqda. Quyida OCHL guruh o'yinlarida kim qancha maydonga tushganini keltirib o'tamiz.



Darvozabonlar
#28   Abdulloh Al Sdayri (1992)  - 3 ta o'yinda o'ynagan
#30   Fayz Al Subayi (1982) - 3

Himoyachilar
#4 Abdulla Zori (1987)  - 5
#12 Yosir Al SHaxrani (1992) -  6
#23 Kvak Tay Xvi (1981)  - 2
#26 Digao (1988)  - 6
#33 Sulton Al Duayyi (1993) -  5
#2 Sulton Al Beshi (1990)  - 1

Yarim himoyachilar
#5 Abdulatif Al Gannam (1985) -  1
#7 Tyago Neves (1985) -  4
#10 Muhammad Al SHlhub (1980) -  5
#11 Abdulaziz Al Davsari (1988) -  3
#13 Salman Al Faraj (1989)  - 6
#14 Segundo Kastilo (1982)  - 5
#24 Navaf Al Obid  (1990)  - 2
#27 Saud Xariri (1980)  - 2
#29 Salim Al Davsari (1991) - 4

Hujumchilar
#15 Nosir Al SHamroni (1983) -  5
#16 Yusuf Al Salim (1985)  - 2
#20 Yosir Al Qahtoni (1982) -  5
#36 Xolid Kaabi (1992)  - 1

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика