So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  3 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  10 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

OCHL. "Bunyodkor" 1-turda G'arb mintaqasida eng ko'p aniq zarba bergan jamoa bo'ldi Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" 1-turda G'arb mintaqasida eng ko'p aniq zarba bergan jamoa bo'ldi

20-22 fevral kunlari Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

O'zbekistonning ikki klubi ham dastlabki turni Saudiya Arabistonida o'tkazib mag'lubiyatga uchrashdi. "Lokomotiv" "Al Taavon" mehmoni bo'lib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. "Bunyodkor" esa "Al Ahli"ga qarshi bahsda 0:2 hisobida yutqazdi.

Qizig'i, "qaldirg'ochlar" o'yin davomida raqibidan ko'ra ko'proq zarba va aniq zarba berishgan. OFK rasmiy sayti bergan raqamlarga etibor qilsak "Bunyodkor" bahs davomida 26ta zarba berdi va ularning 11tasi aniq chiqdi. Biroq jamoa azolari gol ura olishmadi. "Al Ahli" vakillari esa 11ta zarba berishdi, shundan 3tasi aniq chiqdi va 2ta gol urishdi.

G'arb mintaqasida "Bunyodkor" 1-turda eng ko'p zarba va aniq zarba bergan klubga aylandi. SHarq mintaqasida esa Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi eng ko'p zarba hamda aniq zarba yo'lladi. Ayol murabbiy CHan Yuen Ting boshqarayotgan Gongkongning "Istern" klubiga qarshi bahsda raqibi 9 kishi bo'lib qolgani uchun Luiz Felipe Skolari shogirdlari 38ta zarba berishdi va ulardan 18tasi aniq chiqdi. Yakuniy hisob ham shunga yarasha bo'ldi - 7:0.

"Lokomotiv" esa "Al Taavon" bilan o'yinda 3ta zarba berdi va umuman aniq zarba bera olmadi. Raqiblar 15ta zarbaning 4tasini aniq yo'llashdi.

Barcha raqamlar OFK rasmiy saytidan olindi.

"Al Taavon" (Saudiya Arabistoni) - "LOKOMOTIV" (O'ZBEKISTON) 1:0
Zarba:
15-3
Aniq zarba: 4-0

"Al Ahli" (BAA) - "Istiqlol Tehron" (Eron) 2:1
Zarba:
11-8
Aniq zarba: 7-2

"Istiqlol Xuziston" (Eron) - "Al Fateh" (Saudiya Arabistoni) 1:0
Zarba
: 16-10
Aniq zarba: 6-1

"Lahviya" (Qatar) - "Al Jazira" (BAA) 3:0
Zarba
: 11-5
Aniq zarba: 9-1

"Al Ayn" (BAA) - "Zob Ahan" (Eron) 1:1
Zarba:
24-3
Aniq zarba: 6-2  

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "BUNYODKOR" (O'ZBEKISTON) 2:0
Zarba
: 11-26
Aniq zarba: 3-11

"Persepolis" (Eron) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 1:1
Zarba:
10-8
Aniq zarba: 3-2

"Ar Rayyan" (Qatar) - "Al Vahda" (BAA) 2:1
Zarba:
12-13
Aniq zarba: 5-5

"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (Janubiy Koreya) 2:0
Zarba:
16-16
Aniq zarba: 4-2

"Brisben Roar" (Avstraliya) - "Muangtong Yunayted" (Tailand) 0:0
Zarba:
7-17
Aniq zarba: 2-6

"Vestern Sidney" (Avstraliya) - "Urava Red Daymonds" (Yaponiya) 0:4
Zarba:
3-10
Aniq zarba: 0-6

"Seul" (Janubiy Koreya) - "SHanxay SIPG" (Xitoy) 0:1
Zarba:
10-11
Aniq zarba: 4-7

"Kavasaki Frontale" (Yaponiya) - "Suvon Samsung Blyuingz" (Janubiy Koreya) 1:1
Zarba:
14-8
Aniq zarba
: 4-2

"Guanchjou Evergrand" (Xitoy) - "Istern" (Gongkong) 7:0
Zarba:
38-2
Aniq zarba: 18-0

"Adelaida Yunayted" (Avstraliya) - "Gamba Osaka" (Yaponiya) 0:3
Zarba:
7-14
Aniq zarba: 1-5

"Jeju Yunayted" (Janubiy Koreya) - "Jiangsu Suning" (Xitoy) 0:1
Zarba:
21-8
Aniq zarba: 1-2


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика