Yamal o'zining xatti-harakati bilan Flikni g'azablantirdi. "Barselona" murabbiyi nimadan norozi?
14 avg 12:10
Yangiliklar


Yamal o'zining xatti-harakati bilan Flikni g'azablantirdi. "Barselona" murabbiyi nimadan norozi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Lamin Yamalning maydon tashqarisidagi faol harakatlaridan norozi.
Bu haqda "Madrid-Barcelona" malumot berdi.
Mavsum boshlanishidan oldin mutaxassis futbolchilar, jumladan, Yamal bilan bir nechta shaxsiy suhbatlar o'tkazdi. Germaniyalik murabbiy yosh ispaniyalik ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari ko'p vaqt o'tkazayotgani, bu uning faoliyatiga putur etkazishi mumkinligini takidlagandi.
Mutaxassis o'yinchidan bor etiborini ishga qaratish va etiborni o'ziga jalb qilmaslikni so'ragan. Flik butun jamoadan intizom va professionallikka rioya etishni talab qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Shunday iqtidor shu mavsum ni uzida yuq bulsa hayron qolmiman