So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  3 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

OCHL. Bugun 5-tur o'yinlari start oladi Yangiliklar

OCHL. Bugun 5-tur o'yinlari start oladi

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turiga start beriladi.

Etiborimiz birinchi navbatda "Paxtakor" ishtirokidagi bahsga qaratiladi. Bugun "Paxtakor" o'z maydonida o'tgan yilgi OCHL finalchisi "Persepolis"ni qabul qiladi. "Paxtakor" markaziy stadionida juda qiziqarli bellashuv kechishi ktuilmoqda. 

"Paxtakor" guruhidagi ikkinchi uchrashuv Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadionida "Al Sadd" va "Al Ahli" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. Guruhdan chiqish uchun uchta jamoada imkoniyat bor: "Al Sadd", "Al Ahli" va "Paxtakor". "Paxtakor" 5 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi va bugungi bellashuv jamoa uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. 

"Persepolis" Eronning amaldagi chempioni hamda Osiyo chempionlar ligasi o'tgan yilgi finalchisi hisoblanadi. Lekin bu jamoa ushbu mavsum OCHLda yaxshi ishtirok eta olmayapti. "Persepolis" 4 ochko bilan guruhda oxirgi o'rinda boryapti. Ammo ularda ham imkoniyat bor, faqat boshqalarga nisbatan yaxshi emas. 

OCHL. "D" guruhi 

5-tur. 6 may 

18:00. "Paxtakor" - "Persepolis"

23:45. "Al Sadd" - "Al Ahli"


Bugun shuningdek, "o'lim guruhi" deya nom olgan "S" guruhida ham 5-tur bahslari bo'lib o'tadi. "Istiqlol" muhtasham "Ozodi" stadionida Qatarning "Al Duhayl" klubini qilsa, "Al Hilol" Ar Riyodda "Al Ayn" bilan bellashadi. Guruhda "Al Hilol" 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Al Ayn" esa atigi ikki ochko to'plab oxirgi o'rinda boryapti. Bu guruhda ham keyingi bosqichga chiqish uchun uchta jamoada imkoniyat bor. 

OCHL. "C" guruhi 

5-tur. 6 may 

21:00. "Istiqlol" - "Al Duhayl"

00:00. "Al Hilol" - "Al Ayn"

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика