So’nggi yangiliklar

22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  0 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  19 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  45 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4

OCHL. 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 5-tur ramziy terma jamoasi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra O'zbekiston klublari futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Darvozabon
Eldorbek Suyunov ("Nasaf")


Darvoza "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunovga topshirildi. Bu turda Suyunov o'zining ishonchli o'yini bilan sheriklariga namuna bo'ldi. Eldorbek gol o'tkazdi, lekin bir necha bor o'z darvozasi tomon yo'llangan xavfli zarbalarni qaytarib turdi.



Himoyachilar
Maqsud Karimov ("Nasaf")
Davron Hoshimov ("Paxtakor")
Salim Mustafoev ("Lokomotiv")
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")



"Nasaf" vakili Maqsud Karimov OCHL tarixidagi eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi. Birinchi daqiqadayoq Karimov burchakdan oshirilgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Qolgan daqiqalarda esa "Al Ayn"ning legioner hujumchilariga o'yin bermaslikka harakat qildi. Xatolar bo'ldi, lekin ko'p vaziyatlarda Maqsud ishonchli o'ynadi.

"Paxtakor" klubi BAAda "Al Jazira"ni 3:1 hisobida taslim qildi. "SHerlar" himoyachisi Davron Hoshimov o'ng qanotda doimgidek faol o'ynadi. Jamoa sardori Kamoliddin Tojiev esa markazda ancha yaxshi harakat qildi.

Salim Mustafoev "Al Nasr" bilan safardagi o'yinda jamoasining himoyasida faol o'ynadi. O'ng qanotda raqibning hujumlarini qaytarishdi va hujumlarni boshlashda Salim sheriklariga yordam berib turdi. 



Yarim himoyachilar
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Server Jeparov ("Lokomotiv")
SHerzod Karimov ("Paxtakor")
Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor")


SHerzod Karimov "Al Jazira" darvozasiga supergol urishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuv davomida SHerzod bir nechta xavfli hujumlarni tashkil qilishda yaxshi o'ynadi. Jaloliddin Masharipov chap qanotda faol bo'ldi. Unda gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lgandi, biroq zarba biroz noaniq ketdi.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov uzoq tanaffusdan so'ng yana asosiy tarkibga qaytdi. Jamoa 0:2 hisobida yutqazganiga qaramay Javlon uchrashuvda boshqalarga nisbatan kamroq xato qildi.


Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi jarohatidan qutulib yana avvalgi saviyasiga qaytmoqda. Server jamoaning hujumlarini boshlashda ancha faol harakat qilmoqda. Aynan uning burchakdan uzatgan to'pidan so'ng Temurxo'ja gol urdi.



Hujumchilar
Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")
Igor Sergeev ("Paxtakor")



Temurxo'ja Abduxoliqov OCHLda o'zining 3-golini urib "Lokomotiv"ga juda muhim bo'lgan bir ochkoni olib berdi. Abduxoliqov ikkinchi bo'limda burchakdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga yo'llab hisobni tenglashtirgandi.

Igor Sergeev esa "Al Jazira" darvozasiga 2ta gol urib OCHLdagi gollari sonini 5taga etkazib oldi. Hujumchi BAAda juda ham faol o'ynadi. Raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib kuchli zarba bilan gol urdi, bahs oxirida esa o'zi penalti ishlab o'zi uni aniq amalga oshirdi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика