Agar futbolchi termada jarohat olsa, FIFA klublarga qanday va qancha to'laydi?
22 mar 18:45
Yangiliklar
Agar futbolchi termada jarohat olsa, FIFA klublarga qanday va qancha to'laydi?
Bundan bir necha kun avval Alfonso Devis muntazam jarohatlar qiynab yuborgani va shu sababli faoliyatini yakunlash haqida jiddiy tarzda o'ylayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Undan so'ng Daniya terma jamoasi va "Seltik" klubi kiperi Kasper Shmeyxel ham aynan jarohat faoliyatini yakunlashi mumkinligini inkor etmadi. Jarohat futbolning bir qismi va hech kim undan kafolatlanmagan. Lekin u yoki bu futbolchisini terma jamoa ixtiyoriga yuborib, uni malum vaqtga yo'qotsa, klublarga ayniqsa alam qiladigan holat. Bu kabi holatlar hattoki klublarning ochiqchasiga etiroziga sabab bo'lib, nizolarni keltirib chiqara boshladi. Vaziyatni nisbatan yumshatish uchun FIFA jarohat olgan futbolchi klubiga kompensaciya puli to'lashni joriy qilgan.
The Athletic nashri klublar o'z futbolchilari terma jamoa o'yinlarida jarohat olganida FIFAdan qanday to'lovlarga umid qilishi mumkinligi haqida batafsil malumot berdi.
Bu har qanday klub murabbiyining eng yomon tushi desak, mubolag'a bo'lmaydi: asosiy o'yinchilaringdan birini terma jamoaga qo'yib yuborasan, 10 kundan keyin esa u jarohat olib qaytadi va shu tufayli kamida bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Va bu hali eng yomon scenariy emas.
Bunday holatlardan to'liq himoyalanishning deyarli imkoni yo'q.
Zamonaviy futbolda top klublarning etakchi futbolchilari terma jamoa ixtiyoriga borib, jarohat olib qaytgani tufayli klubining navbatdagi muhim o'yinlari o'tkazib yuborishi, bu esa jamoa natijalariga bevosita tasir qilgani bo'yicha misollar talaygina.
Shunday bo'lsa-da, bu kabi holatlarda klublarda malum bir himoya mexanizmlari bor, hozir shular haqida gaplashamiz.
Xo'sh, klublar kompensaciya pul olish tartibi qanday?
2012 yilda FIFA jiddiy muammo borligini tan oladi. Klub va xalqaro futbol o'rtasidagi azaliy ziddiyatlar Polsha va Ukrainadagi Evropa chempionati oldidan ishga tushirilgan o'ziga xos sug'urta dasturining paydo bo'lishiga olib keldi.
Qitaning eng yirik klublarni birlashtiruvchi associaciya (ECA - European Football Clubs), malum o'zgarishlarga erishdi va ularni "klublar va milliy federaciyalar munosabatlarining mustahkamlanishidagi muhim lahza" deb atadi.
Bu erda dastur nomining o'zida "podskazka" mavjud: Club Protection Programme (CPP) yoki «Klublarni himoya qilish dasturi». Vaqt o'tishi bilan u haqiqatan ham ish beruvchilar o'zlarining yuqori maosh oladigan futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoriga qo'yib yuborishga majbur bo'lishi tufayli yuzaga keladigan keskinlikni kamaytirishga chindan yordam berdi.
Jarohat olgan istalgan futbolchi, agar kamida 28 kunga safdan chiqqan bo'lsa, CPP tomonidan kompensaciya puliga egalik qilishi mumkin: FIFA ushbu futbolchi lazaretda davrida klubga uning maoshini to'lab beradi. Dastur, tabiiyki, jarohat olgan futbolchini maydonga qaytarib berolmaydi, ammo hech bo'lmasa moliyaviy zararni qoplashda yordam beradi.
CPPning 2023 yildan 2026 yil oxirigacha bo'lgan amaldagi versiyasi o'z terma jamoasi ixtiyoridagi klub bilan shartnoma asosida ishlaydigan istalgan professional futbolchi himoyasini kafolatlaydi.
Sug'urta futbolchi klub bazasini tark etganidan boshlab, o'yinlar, mashg'ulotlar va yo'ldagi davrni o'z ichiga oladi hamda sportchi klub ixtiyoriga qaytgunga qadar amal qiladi.
Har qanday jiddiy jarohat yoki FIFA tili bilan aytganda, "vaqtinchalik to'liq ish qobiliyatini yo'qotish" CPP dasturini avtomatik ravishda faollashtiradi.
Klublar qancha summaga umid qilishi mumkin?
Gap anchagina katta raqamlar haqida ketmoqda. Milliy associaciyalarga yuborilgan va 2023 yiln yozida FIFAning o'sha vaqtdagi Bosh kotibi Fatma Samura tomonidan imzolangan sirkulyarga ko'ra, bitta jarohat klubga 7,5 mln evrogacha kompensaciya olish huquqini berishi mumkin — bu yil davomida olish mumkin bo'lgan maksimal summa. U belgilangan maksimal kunlik 20 548 evro stavkasiga asoslangan.

Bu miqdor faqat o'yinchining asosiy maoshini qoplaydi, bonuslar, mukofot pullari va imij huquqlari uchun to'lovlar bundan mustasno. O'z navbatida, tibbiy xarajatlar ham bunga kirmaydi.
Misol uchun: agar haftasiga 20 ming funt maosh oladigan futbolchi terma jamoa o'yini vaqtida sonining orqa qismidan jarohat olib, 12 haftaga safdan chiqsa, FIFA uning klubiga 240 ming funt, yani futbolchi safdan chiqqan davrdagi maoshini to'lab beradi.
Agarda haftasiga 40 ming funt maosh oladigan futbolchi jarohat olib, yarim yilga safdan chiqsa, kompensaciya puli 1 mln funtdan sal ko'proq bo'ladi.

Dasturda cheklovlar bormi?
Ha. FIFAning kompensaciya tizimi aksariyat futbolchilarning maoshlarini qoplasa-da, eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar dasturdan "tashqarida qoladi".
Belgilangan cheklov shuni anglatadiki, to'liq kompensaciya faqat maoshi haftasiga taxminan 120 funtdan oshmaydigan futbolchilar uchun mumkin.
«Manchester Siti»dan Erling Xoland yoki «Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh singari futbolchilar maoshining bir qismigina qoplaydi.
«Al Nasr» rahbariyati ham mabodo Krishtianu Ronaldu terma jamoa ixtiyorida jarohat olsa, faqatgina futbolchi maoshining kichik qisminigina xalqaro tashkilotdan olishadi.
FIFA shuningdek o'zi uchun xavflarni ham sug'urta qiladi: CPP'ning yillik byudjeti 80 mln evroni tashkil qiqladi, shuning uchun agar to'satdan terma jamoalar o'yinlarida o'ziga xos jiddiy jarohatlar to'lqini yuzaga kelsa, klublar barcha jarohatlanganlar uchun to'liq kompensaciya puli ololmasligi mumkin.
Dastur erkaklar va ayollar milliy terma jamoalariga nisbatan amal qiladi, ammo bir muhim jihati bor: yoshlar terma jamoasida olingan, jumladan U-21da, kompensaciya qilinmaydi.
Misol uchun «Brentford» Antoni Milambo oktyabr oyida Niderlandiya yoshlar terma jamoasi safidagi o'yinda xochsimon bog'lamini uzganida hech qanday kompensaciya puli ololmagan. Yozda «Feyenord»dan 16 mln funt evaziga sotib olingan futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.

Bu FIFA Club Benefits Programme dasturidan alohida sxemami?
Ha, bu ikki xil mexanizm hisoblanadi.
Club Protection Programme (CPP) — bu terma jamoalardagi o'yinlarda jarohat olgan futbolchilarning maoshlarini sug'urtalashdir.
Club Benefits Programme (CBP) — o'yinchilarning erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichidagi ishtiroki uchun to'lovlar sxemasi.
U to'rt yilda bir marta amal qiladi va butun dunyo bo'ylab yuzlab klublarga to'lovlar olib keladi. Bunda pulni nafaqat futbolchilarni JCHga to'g'ridan-to'g'ri qo'yib yuborgan klublar, balki so'nggi yillarda ular to'p tepgan klublar ham oladi.
FIFA 2022-yilgi erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatida futbolchining klubda bo'lmagan har bir kuni uchun qariyb 10 000 AQSH dollari miqdorida tovon puli to'lagan. Musobaqa finalistlari — Argentina va Franciya terma jamoalari azolari esa o'z klublariga 370 000 dollarga yaqin mablag' keltirgan.
Umumiy fond 209 mln dollarni tashkil etib, uni FIFAga azo 51 mamlakatdan 440 ta klub oldi.
JCH-2026da nimalar o'zgaradi?
To'lovlar yanada ko'payadi. AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundial oldidan FIFA to'lov fondini 355 mln dollargacha, yani deyarli 70%ga oshiradi.
Bu safar Jahon chempionati saralash o'yinlari ham bor hisobga olinadi. Ammo xarajatlar ham oshdi, chunki endi musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Shu bilan birga 2022 yildagi kabi har bir terma jamoa tarkibida 26 nafar futbolchi bo'ladi.
Umumiy hisobda 1 248 nafar o'yinchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning klublari to'lovlar uchun "navbatga turib" ulgurgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar