“Nurafshon”ning taqdiri nima bo'ladi?
25 sen 2017 18:41
Yangiliklar
“Nurafshon”ning taqdiri nima bo'ladi?
Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi o'z uyida Buxoroning “Nurafshon” jamoasini qabul qilish kerak edi. Ammo “Nurafshon” jamoasi tur uchrashuvini o'tkazish uchun nomalum sababga ko'ra Toshkentga kelmadi.
Barchani birdek bir savol o'ylantirishi mumkin. “Nurafshon” futbolchilari nima uchun Toshkentga kelmadi? PFL bunga qanday chora ko'radi? Viloyat hokimi bundan xabari bormi?
Safardagi qolgan uchrashuvlarga ham buxoroliklar bormasligiga kim kafolat beradi? Savollar ko'p lekin klubdagi ichki muhit qay darajada ekanligini hech bilmaymiz. Balki Toshkentga tashrif buyurish uchun ularning moliyaviy tomondan imkoniyati bo'lmagandur. Agarda hamma narsa borib moliyaviy tomonga taqalsa, jamoa safar uchrashuvlariga bora olmasa, PFL bunga qanday qaraydi?
Bundan 2-3 yil oldin Toshkent “Oq-Tepa” jamoasi safar uchrashuvlariga bormay, faqat uy uchrashuvlari o'tkazgandi. Yakunda ushbu jamoa birinchi ligani tark etgandi. “Nurafshon”ning taqdiri nima bo'ladi?
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar