So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  4 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  3 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

"Nurafshon" "G'ijduvon"ni qay tarzda mag'lub etdi? (+Statistika) Yangiliklar

"Nurafshon" "G'ijduvon"ni qay tarzda mag'lub etdi? (+Statistika)

Teglar :  NurafshonG'ijduvon
Kecha O'zbekiston Pro-ligasi 14-turi doirasida "Nurafshon" o'z maydonida Buxoroning "G'ijduvon" jamoasini mag'lub etdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Avvaliga ikki tomon ham bir-birini o'rgandi. Birinchi davrada ushbu raqibiga mag'lub bo'lgan "Nurafshon" esa g'alabaga chanqoqroq edi. Ular buni 18-daqiqadayoq isbotlashdi. O'ng qanotdan Muhammadodil Qahramonovning to'p uzatishidan keyin Farruh SHotursunov hisobni ochdi. 

SHundan keyin ham mezbonlar ko'plab hujumlar uyushtirishdi. Farruh SHotursunov va Oripxo'ja Abduholiqovning zarbalarini raqiblar posboni qaytarib qoldi. Mehmonlar esa mezbonlar darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi.

Ikkinchi bo'limda esa o'yin surati o'zgardi. Oripxo'ja Abduholiqov va Murodjon To'ychiboev 100 foizlik vaziyatdan foydalana olishmadi. "Sen urmasang, senga urishadi" deganlaridek, 73-daqiqada "yo'lbars"lar gol o'tkazib yuborishdi. Bu pallada To'lqinjon Umarov bosh bilan "Nurafshon" darvozasiga yo'l topa oldi. SHundan keyin B guruhi peshqadamlari oldinga sherdek tashlanishdi.

O'yin go'yoki 1:1 hisobida yakuniga etadigandek ko'rinayotgan bir vaqtda barchasi o'zgarib ketdi. 86-daqiqada uzun to'p uzatilishidan keyin zarba berildi. To'p darvoza to'sinini topdi. Qaytgan to'pni esa Oripxo'ja Abduholiqov qiyinchilik bilan darvozaga joylab qo'ydi, 2:1.

Vohid Xolboevning qilgan o'zgarishlari o'z samarasini berdi. 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ruslan Veklich penalti ishladi. 11 metrlik jarimani esa Abdurasul Komilov aniq amalga oshirdi. Ushbu g'alabadan keyin "Nurafshon" jamoasi o'z etakchiligini saqlab qoldi. Oripxo'ja Abduholiqov esa mavsumdagi to'qqizinchi golini kiritdi.

Uchrashuv statistikasi

Burchak zarbalari: 6 - 2
Penalti: 1 - 0
Sariq kartochka: 1 - 1
Hujumlar: 85 - 68
Hafli hujumlar: 63- 51
To'pga egalik qilish %: 49 - 51
Darvozaga zarbalar: 17 - 5
Aniq zarbalar: 8 - 2

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика