So’nggi yangiliklar

13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  25 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  5 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   14 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  3 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  32 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  20 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0

Noyerni soyasidan ko'rinish berayotgan darvozabon (FOTO) Yangiliklar

Noyerni soyasidan ko'rinish berayotgan darvozabon (FOTO)

"Bavariya" jamoasining ikkinchi raqamli kiperi Sven Ulrayx Noyer jarohat olganidan so'ng asosiy tarkibning muntazam futbolchisiga aylandi.

Yaqinda klub rasmiy kanali ushbu darvozabon bilan suhbat uyushtirdi.

Olmani tagiga olma tushadi, deganlaridek Sven Ulrayx ham otasi kabi darvozabon bo'ldi.

Bu haqda kiper shunday deydi: "Meni otam ham darvozabon bo'lgan. U faqat pastki ligalarda o'ynagan bo'lishiga qaramasdan, men uning mashg'ulotlarini doimo kuzatib borardim. Menga otam o'z qo'lqoplarini yig'ishtirishi qiziq tuyulardi".



Otasini mashg'ulotlarini, o'yinlarini kuzatgan Sven Ulrayx darvozabon bo'lishni orzu qiladi va bu niyatiga erishadi.

Ulrayx faoliyatidagi dastlabki 3 yilni o'zining ilk klubi safida o'tkazadi. Qizig'i, u erda Ulrayx darvozani qo'riqlamaydi, balki maydonda futbolchi sifatida harakat qiladi.

Bu borada u shunday deydi: "Murabbiyni o'g'li darvozada turgani bois men uni o'rnini egallay olmasdim".

SHundan so'ng Ulrayx boshqa jamoaga o'tib ketadi.

Sven Ulrayx professional darajada 19 yoshida "SHtutgart" safida o'zining debyut uchrashuviini o'tkazadi. SHundan keyin darvozabon jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.


2015 yilda esa Sven Ulrayx "SHtutgart"dan "Bavariya"ga kelib qo'shiladi.
Uning bu qarorini ko'pchilik tushunmaydi. CHunki "SHtutgart"da birinchi raqamli darvozabonga aylangan Ulrayx Noyerga zaxira bo'lish uchun "Bavariya"ga o'tishga rozilik beradi.

Ulrayx o'zining bu qarorini to'g'ri deb hisoblaydi va shunday deydi:
"O'sha payti men to'g'ri yo'nalishda qadam qo'yganman. Menga yangi chaqiruv kerak edi va "Bavariya"dan qiziqarli taklif oldim. CHunki "Bavariya"dek jamoa Noyerga zaxira sifatida yomon darvozabonga qiziqish bildirmasdi. Ular menga ham ishonishdi. SHu boisdan bu jamoaga o'tish men uchun katta sharaf bo'lgan".

Sven Ulrayx o'z imkoniyatini kutdi va Germaniya kubogi uchrashuvlari va chempionat o'yinlarining so'nggi turlarida maydonga tushish uchun imkoniyatga ega bo'ldi.

O'tgan mavsumda Noyerni jarohat olishi esa Ulrayxga yanada ko'proq imkoniyat taqdim etdi.

Joriy mavsumda ham Noyer yana jarohatlandi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu esa Ulrayxga yana ishga kirishish uchun yo'l ochdi.


Dastlabki o'yinlarda Ulrayx bir qator xatolarga yo'l qo'ydi. Ayniqsa PSJga qarshi bahsda darvozabonning xatolari ham yirik hisobdagi mag'lubiyatga sababchi bo'lgandi. Biroq Yupp Xaynkes kelishi bilan Ulrayx ham o'z darvozasi zanjirini mustahkamladi.

Bu borada Ulrayx shunday fikrda:
"Mashg'ulotlarda ko'p ter to'kish mumkin, ko'p narsalarni o'rganish mumkin. Ammo hech biri o'yindagi amaliyotga teng kelolmaydi. O'yinda to'planadigan tajriba umuman boshqa. Uni hech qanday mashg'ulot orqali yopib bo'lmaydi. Ritmga kirib olish uchun o'yin amaliyoti juda muhim".

SHuni qayd etib o'tish joiz, Ulrayx mavsum avvalida "Bavariya"ga penaltilar seriyasida Germaniya superkubogini olib berdi. SHuningdek, yaqindagina Germaniya kubogida "Leypcig"ga qarshi bahsda jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Ulrayx Noyerdan juda ko'p narsani o'rganganini tan oladi va uni alohida qobiliyat egasi deb hisoblaydi.

- Har kuni Noyerdek o'z ishining ustasi, g'aroyib iqtidor egasi bilan shug'ullanib juda ko'p narsalarni o'rganaman. Uni mashg'ulotlarda kuzatib yanada kuchli bo'lishing mumkin. Lekin shuni tan olish kerakki, uni mashg'ulotlarda qiladigan ishlarini takrorlashni ilojisi yo'q. Unga Xudo tomonidan berilgan istedod bor.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика