"Bavariya" "Arsenal" azosini Sanega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
14 iyu 13:05
Yangiliklar
"Bavariya" "Arsenal" azosini Sanega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
Londonning "Arsenal" jamoasi vingeri Leandro Trossard “Bavariya”ga o'tishi mumkin.
Bu haqda "Bild" xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, myunxenliklar jarohat olgan Jamol Musiala va jamoani tark etgan Leroy Sane, Tomas Myuller va Matias Telga o'rinbosar qidirmoqda.
"Liverpul" bilan Luis Dias bo'yicha kelishuv amalga oshmasa, Trossard "Bavariya"ning transfer nishoni bo'ladi. Klub allaqachon "qizillar"ga Dias uchun 52 million evrolik taklif yuborgan.
Belgiyalik 30 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida 56 o'yinda qatnashib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 9
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar