So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  1 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  1 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

No'mon Nurmatov: "Aniq maqsad hozircha yo'q, ammo uchlikka kirishni rejalashtiryapmiz" Yangiliklar

No'mon Nurmatov: "Aniq maqsad hozircha yo'q, ammo uchlikka kirishni rejalashtiryapmiz"

"Paxtakor" futzal va ayollar jamoasida mavsumga tayyorgarlik qanday ketayotgani xususida ushbu jamoalar menejeri No'mon Nurmatov to'xtalib o'tdi.

- Erkaklar va ayollar futzal jamoalarida tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
- Hozir yangi mavsumga hozirlik jarayoni bormoqda. Superliga qachon boshlanishi malum qilinmadi, mart oyi boshida bahslar start olsa kerak. "Yoshlik" sport zalida mashg'ulot o'tkazyapmiz. Mashg'ulotlar haftasiga olti kun olib borilmoqda. Erkaklar futzal jamoasi safiga olti nafar yangi o'yinchilarni jalb etdik. Yaqin kunlarda rahbariyat oldimizga yangi mavsum uchun vazifani qo'yadi.

Ayollar jamoasida hozircha yangi o'yinchilar yo'q. O'tgan yili birinchi ligada to'qqiz uchrashuvda zafar quchib, uchinchi pog'onani egalladik. Bu yil ayollar chempionatida yuqori ligada ishtirok etamiz. Ayni paytda yangi futbolchilar qidirish pallasidamiz. Tarkibda yosh futbolchilar etarli, biroq tajribali o'yinchilar ko'magiga muhtojmiz. Ayollar jamoasi har kuni O'FA maydoni va "Yoshlik" zalida shug'ullanmoqda.

- Futzal jamoasiga yangi o'yinchilar moslashib ketishdimi?
- Yangilar jamoaga yaxshi kirishib ketishdi. Terma jamoaga nomzod uch futzalchi kamroq shug'ullandi. Hazratqulov terma jamoa safida Osiyo chempionatida qatnashyapti. Balki, yana bir necha o'yinchilarni taklif etishimiz mumkin.

- Tayyorgarlik jarayonidan ko'nglingiz to'ldimi?
- 8 yanvarda tayyorgarlik ko'rishni boshlaganmiz. Barchasi yaxshi ketmoqda. Tarkibni yanada kuchaytirsak, chempionlik uchun kurash olib borishimiz mumkin. Ro'yxatimizda bir necha futzalchilar bor.

- Yangi mavsum oldidan nima kutyapsiz?
- Aniq maqsad hozircha yo'q, ammo uchlikka kirishni rejalashtiryapmiz. Oldimizga vazifa qo'yilgandan keyin ko'p narsa oydinlashadi. Ehtimol, chempionlik maqsadi qo'yilar. Barcha yuqori o'rinda bo'lishni xohlaydi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика