So’nggi yangiliklar

15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  20 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  5

Ikki futbolchi "Mashal" bilan xayrlashdi Yangiliklar

Ikki futbolchi "Mashal" bilan xayrlashdi

Vladimir Vagin va Ibrohim Numonov "Mashal"dan ketdi.

"Mashal" jamoasida bir yarim yil davomida ishonchli ravishda posbonlik qilgan Vladimir Vagin klubni tark etdi. Ikki tomonlama kelishuvga asosan, futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi. Vagin 2024 yil boshida "Mashal" safiga qo'shilgan edi va shu vaqt mobaynida ko'plab muhim uchrashuvlarda darvozani muhofaza qilib, o'zining professional tajribasi va mahoratini namoyon etdi. Uning jamoaga qo'shgan hissasi muxlislar va murabbiylar tomonidan munosib baholandi. Klub rahbariyati Vladimir Vaginga ushbu davr mobaynida ko'rsatgan xizmati uchun minnatdorchilik izhor etadi va uning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi.

Ibrohim Numonov ham “Mashal” bilan xayrlashdi. Yarim himoyachi Ibrohim Numonov birinchi davrada “Mashal” sharafini himoya qilgan edi. Klub va futbolchi o'rtasidagi ikki tomonlama kelishuvga ko'ra, u klubni tark etdi. Ibrohim jamoada bo'lgan muddat davomida o'zining mehnatsevarligi va fidoiyligi bilan muxlislar mehrini qozongan edi. Unga kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz. Rahmat, Ibrohim!", — deyiladi muborakliklar xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика