So’nggi yangiliklar

16:38"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  4 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  4 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  42

No'mon Hasanov: "Sekin-sekin futbolchilar men xohlagan o'yinni namoyish etishmoqda" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Sekin-sekin futbolchilar men xohlagan o'yinni namoyish etishmoqda"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Navbahor" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun muxlislar chiroyli bahsga guvoh bo'lishdi.Har ikki jamoa mazmunli va chiroyli o'yin namoyish etdi. SHogirdlarim ham ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Vaziyatlar, shuningdek, to'pni bir-biriga aniq oshirish borasida ham yigitlar raqibdan ustunlik qilishdi. O'yindan – o'yinga shogirdlarimning o'yinlari ancha ochilmoqda. “Surxon”ga qarshi kechgan hamda bugungi bahsda shogirdlarimning o'yinlarida ancha o'sish bo'lganligi ko'zga tashlanmoqda. AGMK singari raqiblar bilan o'yinda o'sish bo'ladi.

AGMK jamoasini joriy mavsumda 3-o'rinni egallaganligi bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarda ham olmaliqlarga omad yor bo'lishini tilayman.

Bugungi o'yin uchun raqibimizga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Bugungi bahsda zaxiradan faqat bir futbolchini maydonga tushirdingiz, vaholanki, tarkibda o'yinchilar ko'p edi. Balki ko'proq o'zgarishlar amalga oshirilganida, “Navbahor” bugun g'alaba qozonarmidi? Bundan tashqari, ko'plab vaziyatlar yaratilganiga qaramay, futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda. Ularga nima xalal beryapti?

Qani endi, ularga nima xalal qilayotganini men ham bilsam...

Bugungi bahsda ham AGMKga nisbatan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik. To'p bilan muomala qilishdayam ustunlikka erishdik, lekin...

Javlon Ibrohimovning jarohati bor edi, mashg'ulotlarga kirishganiga endigina uch kun bo'lgandi, shunga qaramay, uni qaydnomaga kiritgandim.

O'yinga to'liq tayyor emasdi, agar salomatligi joyida bo'lganida, albatta, maydonga tushirardim. Bugun hamma futbolchilarimiz yaxshi o'ynashdi, bunday holatda o'yinchi almashtirib, tavakkal qilish to'g'ri bo'lmaydi.

G'alaba qozonishni men ham xohladim, lekin bunday sovuq ob-havoda kimnidir zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytirishiga kafolat yo'q edi. Yigitlarga bugungi uchrashuv uchun etirozim yo'q. Ularning tezroq men xohlayotgan o'yinga kirishib ketishlariga intilyapmiz. Qolaversa, zaxira o'yinchisi almashtirib, vaqtdan yutqazishni istamadim, chunki yutuqqa erishishni xohlayotgandik.

Futbolchilarga aytdim, hammalarini bir xil ko'rishimni tushuntirdim.

Jamoa boshqaruvini olganimga endigina bir oy bo'ldi.

Kimdir ko'rsatmalarimni tezroq o'zlashtiryapti, kimdir esa aksincha. Hammaning organizmi har xil bo'ladi-ku, men xohlayotgan o'yinni hanuz tushunmayotganlar bor. Futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tkazamiz, bir joyda yashaymiz, birga ovqatlanamiz, ularning qanday holatda ekanliklarini men yaxshi bilaman. Kim o'yinni kuchaytira oladi, kimni maydonga tushirish kerak, men xabardorman, sizlardan esa sabr qilishingizni so'rayman. O'yinimizni topib olishimiz uchun biroz vaqt kerak.

Bugun ham men talab qilayotgan o'yinga moslashganlar asosiy tarkibdan o'rin olishdi. Zaxiradagilarning ham o'z vaqti keladi.

Imkon qadar ushbu tarkibdagi futbolchilarni keyingi mavsumda ham saqlab qolmoqchiman, chunki ular so'nggi yillarda birga o'ynashgan, bir-birlarini yaxshi tushunishadi.

Bugun asosan bo'yi baland futbolchilar maydonga chiqishdi, chunki raqibning aksariyat o'yinchilari bo'ydor edi. Standart vaziyatlar paytida bu yaqqol sezildi. SHunday pallada bo'yi past futbolchini zaxiradan tushirib, tavakkal qilishni istamadim. Zaxiradan o'yinchi tushirishimni talab qilayotganda, shunday jihatlarga ham etibor qaratishingizni so'rardim. CHunki bu futbolda eng muhim narsalardan biridir. O'tgan turda “Andijon” bilan o'yinda ham AGMK 4ta golini ham standart vaziyatdan urdi.

SHuni ham hisobga olgandik. Faraz qiling, olmaliqliklar burchak zarbasi tepishmoqda, jarima maydonchamizga ularning himoyachilari ham kelganida, bizda faqat Igor Golban bilan Azim Ahmedov tursa, to'g'ri bo'lmaydi-ku. SHuning uchun bunday holatlarda hujum chizig'idagi bo'ydor futbolchilar ham yordamga kelishlariga ehtiyoj tug'iladi. Buni ham inobatga olish kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика