So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

No'mon Hasanov: “Nasaf” g'alaba qozonadi yoki kamida durang qayd etadi” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Nasaf” g'alaba qozonadi yoki kamida durang qayd etadi”

Qisqa muddatli tanaffusdan so'ng, bugun oliy liganing 18-tur o'yinlariga start beriladi.
O'quvchilarimizga yaxshi malumki, bugun Toshkentda “Lokomotiv” - “Nasaf” bahsi bo'lib o'tadi. Mazkur bo'lajak o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi deyish mumkin.

O'z vaqtida “Nasaf” va “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan No'mon Hasanov bilan suhbatlashib, sobiq jamoalari ishtirokidagi o'yindan oldingi fikrlarini bilishga qiziqdik.

- To'g'risini aytganda, “Nasaf” hozir O'zbekistonning eng kuchli jamoasi bo'lib turibdi - deya gap boshladi Hasanov. - O'yin va boshqa jihatlar borasida bu jamoa etakchi. SHuning uchun menga bu yil eng yoqayotgani “Nasaf” bo'lib turibdi. Bugungi o'yinda ham garchi qarshiliklar safarda o'ynaydigan bo'lsada, Ro'ziqul Berdiev jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholayman. Fikrimcha bugun “Nasaf” Toshkentda g'alaba qozonadi yoki kamida durang bilan qaytadi. Asosiysi ochko yo'qotmaydi. Bunday deyishimning boisi, “ajdarlar” oxirgi paytlarda yuqori suratda o'yin namoyish etmoqda. Tan olish kerak, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalarida xohlaymizmi yo'qmi, pasayish kuzatildi. Ammo “Nasaf” futbolchilari bir tekis o'yin namoyish etib kelmoqda. Bu jamoaning futbolchilari tirishqoqligi bilan ham ajralib turibdi. Ayniqsa Artur Gevorkyan va bir qator yoshlar yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. O'yin uslubi tezkor. Aynan shu xususiyatlari evaziga ham bugun, “Nasaf” yutqazmaydi deb o'ylayman.

- Ilgari bu ikkala jamoa safida ham o'ynagansiz. O'sha paytdagi o'yin uslub bilan bugungisini taqqoslaganda qanday farqni ko'rish mumkin?
- Biz o'ynagan paytlarda umuman boshqacha futbol namoyish etilardi. SHaxsan o'zim to'p surgan klublarda, to'pni o'zida ushlab turish va 3-4 ta futbolchini qo'rqmasdan aldab o'tish mumkin bo'lardi. Buning uchun murabbiy oldimizga xech qanday to'siq qo'ymasdi. SHuningdek hujumlar ko'pincha qanotlardan amalga oshirilgan. Hozir esa asosan o'rtadan uyuushtirilmoqda. Qolaversa bugungi kunda ko'p jamoalarda raqibni aldab o'tish va birga-birga xolatga chiqib borganida ham futbolchini aldab gol urish xolatlarini ko'rmayapmiz. Bu deyarli yo'q hisobi. CHunki murabbiylar shogirdlariga futbolchini aldab o'tishni taqiqlab qo'ygan shekilli, o'yinchilarda qandaydir qo'rquv bor. SHu boisdan futbolchilar raqibni aldashga kelganida ham to'pni boshqa sherigiga uzatishga majbur bo'lib qolmoqda. 4-5ta o'yinchini individual tarzda aldab o'tib, gol uradigan o'yinchilar ko'rinmayapti. Muxlislar aslida hujumkor o'yinni xush ko'radi. Etibor bering, “Barselona” shunday uslubda o'ynamoqda va shuning uchun ham hozir hammaga bu klubni o'yini yoqadi. Jamoa etakchisi Messi raqib futbolchilarini ketma-ketlikda aldab o'tib, gol urishlari evaziga muxlislarni olqishiga sazovor bo'lmoqda. Garchi bir ikki marta raqibni aldab o'ta olmay to'pni yo'qtosangiz ham baribir shu uslubdan foydalanish kerak, menimcha. Hozir aynan birgina “Nasaf”da shu xolatni ko'ryapman. Masalan Artur Gevorkyan 3-4 nafar futbolchini aldab o'tishlari evaziga “Nasaf”ning o'yiniga chiroy bag'ishlamoqda. Raqib tomonga o'tilganidan keyin, baribir futbolchilarni aldab o'tish kerak bo'ladi. Bu futbol jozibasini yanada oshiradi. Bir-biriga pas oshirib bergunga qadar, raqib ham ortga qaytib kelib xavfni bartaraf etadi. Bu esa o'z navbatida gollarning kamayishiga sabab bo'lmoqda.

“Nasaf” esa himoyalanishni ham, qarshi hujumni tashkil etishni ham chiroyli uslubda namoyish etmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, Ro'ziqul Berdiev muxlislarga yoqadigan taktikani qo'llamoqda. Ayrim jamoalarni o'yinini ko'ryapman, havoda to'p oshirish va uzundan-uzun paslar... Bunday xolatda raqibning hamma futbolchisi o'z jarima maydoni tomon o'tib olganidan keyin, qanday qilib gol urish mumkin?! Bu juda qiyin! Havodagi to'p uchun kurashlarda kim yutadi yoki kim yutqazadi, buni bilib bo'lmaydi.

SHuning uchun aytishim mumkinki, biz o'ynagan paytlarda balki o'yin surati sekin bo'lgandir, lekin joziba bor edi. O'sha paytda vaqti kelsa, 3-4ta futbolchini aldab o'tib, gol uradigan o'yinchilar bo'lgan. Bundan tashqari hozir chempionatimizda biror-bir hujumchi yarq etib porlab chiqmayapti. Ilgari Igor SHkvirin, Jafar Irismetov singari kuchli goleadorlar bo'lgan. Har bir jamoada kuchli hujumchilar va ularga to'p oshirib beradigan pleymeykerlar bo'lar edi. Lekin bugungi kunda unday deyish qiyin. Balki 2-3ta klubda bunday futbolchilar bordir. Lekin avvalgidek har bir jamoada bitta munosib yarim himoyachi va har bir o'yinda gol uradigan hujumchisi bor jamoalarni ko'rmayapman. SHuning uchun ilgari nomzodlarni terma jamoaga tanlab olish ham qiyin bo'lgan.

CHempionatimizda futbol o'zgarmoqda. Murabbiylar ko'proq himoyaviy o'yinga etibor qaratishmoqda. Futbolchilarda to'pni o'zi bilan olib yurish va qarshisidagi raqibini aldab o'tish uchun qandaydir xadik borligini ko'rish mumkin.

Futbol avvalo muxlislar uchun. Afsuski oxirgi paytlarda stadionlarimizda muxlislar tashrifi juda ham keskin suratda pasayib ketmoqda. Ishqibozlarga birinchi navbatda chiroyli gollarni ko'rish yoqadi. Buning uchun hujumkor taktikada o'ynash talab etiladi. Ilgari biz o'ynagan paytlarda, yirik hisobdagi g'alabalar ko'p bo'lardi. 5:0, 7:1... CHunki u paytda ikkita sof hujumchi bilan o'ynalardi. Hozir esa jamoalar asosan bitta to'p farqi bilan yutishmoqda. 1:0, 3:2 yoki kim birinchi gol ursa o'sha yutib ketmoqda. Bunga sabab, jamoalarimizning bitta hujumchi bilan o'ynayotganidir. Keyin gollar ham ko'pincha, burchak to'pi oshirilganidan so'ng va shunga o'xshash standart vaziyatlarda urilmoqda. Tasavvur qiling, raqibning to'rtta himoyachisi bitta hujumchini ushlay olmaydimi? Qanot himoyachilari hujumga qo'shilib turibdi, lekin oxirgi ikkita markaziy himoyachi asosiy etiborni mudofaaga qartmoqda. Undan ko'ra o'shandan bittasi, oldinga o'tib, sheriklariga yordam bersa bo'ladiku! Jamoa hujumga o'tganda, barcha futbolchi yordam bermasa hujumni ijobiy yakunlash qiyin masala. SHuning uchun shaxsan menga qanotlardan hujum tashkil etish va ikkita hujumchi bilan o'ynash yoqadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика