So’nggi yangiliklar

22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  4 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  71 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  2 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4

No'mon Hasanov Andijon haqida nima dedi? Yangiliklar

No'mon Hasanov Andijon haqida nima dedi?

Xohlaysizmi-yo'qmi baribir o'zbek futbolida Andijonning o'z o'rni bor.

SHu sababli aksariyat mutaxassislar ushbu jamoaga befarq emaslar. Garchi jamoa birinchi ligada qatnashayotgan bo'lsa-da, ikkinchi davrada yangicha qiyofaga kirayotgan burgutlar to'g'risida ko'pchilik fikr bildirmoqda.

Ayni paytda Qo'qon-1912 jamoasi oliy ligada ancha ishonchli ishtirok etgan holda sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda. Bunda albatta jamoa ustozi No'mon Hasanovning hissasi katta. 

Mazkur mutaxassis imkon qadar boshqa klublarni ham kuzatib boradi. Jumladan, No'mon Nurmatovich Andijon jamoasiga ham befarq emas. Buni uning quyida bildirgan fikrlari orqali bilib olishingiz mumkin.

- Rostini aytsam, Andijon jamoasining o'yinini hozircha ko'rganim yo'q. Agar ular bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazganimizda ham qandaydir fikrga ega bo'lardim. Lekin u erda yaxshi o'yinchilar yig'ilgan. 

Nazarimda, 1-o'rindagi jamoa bilan o'rtadagi ochkolar farqi katta. Aslida esa Andijon birinchi ligaga tushib ketmasligi kerak edi. 

O'zi bu viloyatda albatta futbol bo'lishi kerak. SHuni yaxshi bilamanki, Andijon xalqi uchun birinchi o'rinda futbol turadi. Andijonga ko'p borganman, ashaddiy muxlislariga juda boy. SHuning uchun bu jamoaga faqat omad tilayman.

1-o'rin bilanmi yoki 2-o'rin bilanmi, farqi yo'q, asosiysi, oliy ligaga qaytsa bo'lgani! Men ko'pchilikdan eshityapmanki, haqiqatan Andijonda yaxshi jamoa yig'ilibdi. 

Bilasizmi, tezroq bu klub oliy ligaga qaytishi kerak. Ayni paytda elitada qatnashayotgan bazi-bir klublardan ko'ra aynan Andijonning ishtirok etgani yaxshi edi. Baribir Andijonda muxlislar boshqacha. U erda futbol bo'lishi shart, - deya so'zini yakunladi, - No'mon Hasanov.


SHuhratbek Jo'raev 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика