So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Nodirbek To'ychiev: "Bugun yirik hisobda g'alaba qozonishimizni kutyapmiz" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: "Bugun yirik hisobda g'alaba qozonishimizni kutyapmiz"

Terma jamoamizning Iordaniyaga qarshi kechadigan bahsiga nafaqat futbolchilarimiz, balki minglab muxlislar ham o'zgacha bir ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yurtimizning har bir viloyatidan ashaddiy ishqibozlarning poytaxtga tashrifi hanuz davom etmoqda. Andijonlik Nodirbek To'ychiev ham futbolchilarimizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlash maqsadida Toshkentga kelgan.

Bugun mana terma jamoamizni, muhim o'yinida futbolchilarimizga ruhiy dalda bo'lish uchun Toshkentga keldik. Mendan tashqari yana 50ga yaqin andijonlik ashaddiy fanatlar ham poytaxtga tashrif buyurganini ko'rdim. Nima bo'lganda ham,  bo'lajak o'yinda faqat va faqat g'alaba qozonishimizni kutyapmiz. Buning uchun biz muxlislar yigitlarimizni astoydil qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.
 
Imkonyatlarimizni juda yuqori deb bilaman. Bugun Xudo xohlasa g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqamiz hisoblayman.

Qanday hisobda g'alaba qozonishimizni bilmadimu, lekin yirik hisobdagi natija evaziga yutamiz deb umid qilyapmiz.

Iordaniya bilan birinchi o'yinni ko'rgan xolda shuni aytish mumkinki, raqib u qadar kuchli emas. Menimcha iordaniyaliklar Qatardan ham bo'shga o'xshayapti.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика