Nodir Eliboev: "O'z oldimizga qo'ygan barcha maqsadlarni bajardik. O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari o'ta kuchli emas"
14 iyu 2024 22:44
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "O'z oldimizga qo'ygan barcha maqsadlarni bajardik. O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari o'ta kuchli emas"
- Bugungi final haqida fikrlaringiz?
- Bugungi final har kungidan ham qiyinroq bo'ldi. Finalga qadar barcha kuchli jamoalarga bilan to'qnash keldik. Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rgan edik. Raqiblarimiz OKMK va "Oil-Star"ga rahmat aytaman. Tashkilotchi PFLga ham katta rahmat. CHempionatdagi raqobat har yili kuchayib bormoqda.
- BMB jamoasi joriy mavsum "oltin dubl" qayd etdi. Jamoangizning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida gapirib o'tsangiz?
- Jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishdi. Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz. Rahbariyat oldimizga yanada katta maqsadlarni qo'ymoqda. Biz esa mehnat qilishda davom etishimiz kerak.
- O'zbekiston futzal terma jamoasi Mundialdagi dastlabki raqiblarini bilib oldi. Milliy terma jamoada ko'p yillar to'p tepgan futbolchi sifatida terma jamoamizning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Imkoniyatlarimiz yaxshi. Guruhdagi raqiblarimiz juda kuchli emas. Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar